Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Navbahor" o‘z safiga Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosini qo‘shib oldi (foto)

"Navbahor" o‘z safiga Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosini qo‘shib oldi (foto)

Baho:
+1 | -

"Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan jamoamiz tarkibiga qirg‘izistonlik tajribali hujumchi Mirlan Murzayev qo‘shildi.

Murzayev 1990 yil, 29 martda Qirg‘izistonning Botkent viloyati, Sulyukta shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Qirg‘iz Respublikasining “Muras - Sport” (Bishkek, 2006 yil), “Dordoy” (Bishkek, 2007-2010, 2012-2013, 2014-2015, 2019-2021 yillar), “Kara-Balta” (Kara-Balta, 2018 yil), Rossiyaning “Lokomotiv” (Moskva, 2010 yil), Turkiyaning “Denizlispor” (Denizli, 2014 yil), “Afjet Afyonspor” (2015-2016 yillar), “Ushakspor” (2016-2017 yillar), “Serik Belediyespor” (2017-2018 yillar), “Somaspor” (2018-2019 yillar), Isroilning “Xapoel” (Petax-Tikva, 2011-2012 yillar), Kiprning “Dogan Turk Birligi” (2019 yil), Hindistonning “Chennayin” (Chennayi, 2021 yil) jamoalarida o‘ynagan.

Mirlan Murzayev joriy mavsumning 1-davrasida Qirg‘iz Respublikasining “Olg‘a” (Bishkek) jamoasida to‘p tepgan.

Tajribali hujumchi Qirg‘iziston yoshlar (2009 yil), Qirg‘iziston olimpiya (2010 yil) terma jamoalarida o‘ynagan.

Murzayev 2009 yildan buyon Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi va shu kungacha o‘z yurti milliy terma jamoasi tarkibida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golga mualliflik qilgan.

Jumladan, shu yilning mart oyida Namanganda bo‘lib o‘tgan Navruz Cup – 2022 turnirida milliy terma jamoamiz darvozasiga ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan (o‘sha o‘yinda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozongan).

"Biz Mirlan Murzayevga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo‘lib, “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz." - deyiladi "Navbahor"ning rasmiy bayonotida.

Manba: Навбаҳор матбуот хизмати
Kiritildi: 16:03, 19.07.2022.
O'qildi: 3002 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.