Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

«Yashil hakka» mashmashasi

«Yashil hakka» mashmashasi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» liboslarining uchinchi to‘plami rasman namoyish etilishi hamono, mojaroga sabab bo‘ldi.

U avvalgi konsept bilan bir xil ko‘rinish olgan. To‘liq oq rangdagi futbolkaning yoqa va yeng qismi yashil tusga kirgan va bu ranglar noodatiy dizaynerlik qarori sifatida baholangan.

Ushbu komplekt Saudiya Arabistoni termasi kiyadigan libosni eslatib yuborgani «Nyukasl»ning aksariyat fanatlari e’tiroziga sabab bo‘ldi:

*** «Ularga tegishli ekanimiz ular singari ko‘rinishimiz kerakligini anglatmaydi»;

*** «Saudiyaliklar bizning brend va nusxalarimizni o‘zlashtirib olayotganliklarini hazm qilolmayapman»;

*** «Bu yerda faqat Saudiya Arabistoni termasining libosini ko‘ryapman, «Nyukasl» futbolkalarining uchinchi to‘plami qani?».

Ijtimoiy tarmoqlarda bunday izohlar yetarlicha topiladi. May oyidayoq klub rahbariyatidan konseptni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashgan, ammo bu paytga kelib dizayn ma’qullangani sababli liboslar tikib bo‘lingandi. «Tanqidlardan xabardorman, - deydi «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau. - Ushbu masalaning nazoratiga ega emasman. Saudiya Arabistoniga tashrif chog‘i jamoamizga qiziqish yuqoriligini ko‘rdik. Taxminimcha, liboslarimizni ishlab chiqaruvchilar buni bilishgani tufayli vaziyat shunday tus olgan».

Ushbu ranglar jamlanmasi, uchinchi to‘plam bo‘lsada, «Nyukasl» uchun yangilik. Ammo uchinchi forma har doim noodatiy dizaynerlik va marketing qarorlariga ega ekanligi, u qo‘shimcha e’tiborni tortish va assortimentni kengaytirishni taqozo etishini tushunish lozim. Uni yaratishda dizaynerlar ham ranglar, ham texnologiya bo‘yicha tajribaga qo‘l urishadi. Shuningdek, komplektlarni nimagadir yoki kimgadir bog‘lashadi - masalan, «Real»ning mavsum-2014|2015dagi formalarini yaponiyalik dizayner Yodzi Yamamoto ishlab chiqqandi.

Ammo «Nyukasl»ning holatida Saudiya Arabistoni bilan bog‘liqlik muxlislarga yoqyapti, deyish mushkul. Inson huquqlari buzilishi bo‘yicha ogohlantirish va uning oldini olishni asosiy maqsad sifatida belgilagan Amnesty International huquqni muhofaza qilish tashkiloti ham ushbu masalaga o‘z munosabatini bildirdi. Uning vakillari Qatar va Saudiya Arabistonida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha bir necha marotaba chiqish qilishgan, hozir ham bir chetda jim qarab turmoqchi emaslar.

«Agar «Nyukasl» formasini o‘zgartirsayu, u Saudiya Arabistoni milliy ranglariga mos tushsa, bu Saudiya dollari kuchini «yalang‘ochlaydi», qirollikning inson huquqlarini shafqatsiz va qonga burkangan holda buzishini yuvish hisoblanadi, - deyiladi Amnesty International vakilining bayonotida. - Garchi ular saudiyalik xo‘jayinlar va klub kelishgan holda ish tutayotganini ta’kidlashsada, bu rejim «Nyukasl»dan ijobiy imidj yaratish uchun foydalanayotganining yaqqol isbotidir. Barcha - muxlislardan tortib, futbolchilargacha - Saudiya Arabistonining tashviqot kampaniyasiga qarshi chiqishlari, mavjud vaziyat va rahbariyatning vakolatini suiiste’mol qilayotgani haqida gapirishlari kerak. Sportdan bu tariqa foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim».

Lekin bu holat kimnidir tashvishga solayotgani amrimahol.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 19.07.2022.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.