Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Milliy ligalar qiroli!

Milliy ligalar qiroli!

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola 6 mavsumdan buyon «Manchester Siti» qudratiga qudrat qo‘shmoqda, klubni ham tarkib, ham taktik ishlanmalar nuqtai nazaridan tobora kuchaytirmoqda. Biroq hamon CHLning «shalpangquloq» kubogini qayta bo‘ysindirolmayapti. Ispaniyalik mutaxassis «Barselona» bilan yevrocho‘qqiga ko‘tarilganidan so‘ng «Bavariya»da ham bu turnirni zabt etolmagandi. Shunga qaramay, uni zamonaviy futbolning eng bilimdon murabbiylaridan biri sifatida tilga olishadi. Chunki Pep milliy ligalarning chinakam qiroli!

Diqqat qiling, professional darajadagi katta murabbiylik yo‘liga 2008|2009 yillar mavsumida qadam tashlagan Xosep Gvardiola shundan buyon milliy ligalarda naq 10 marta chempionlik rutbasiga erishdi. 13 mavsum uchun 10ta oltin medal - shunchaki, qoyilmaqom statistika! Bunaqasini o‘ylash ham qiyin, ochig‘i. Qolaversa, «oltin»siz yakunlangan 3ta mavsumda ham Gvardiola jamoalari milliy ligada 3-o‘rindan pastga tushgan emas. Bunisi endi fantastikadan ham ko‘proq... Xullas, Xosep Gvardiolaning 13 mavsumi hosilasi - 10ta chempionlik, 2ta «kumush» va 1ta «bronza».

* Xosep Gvardiola faoliyatida 2 marta chempionlik masalasida 3ta mavsumga cho‘zilgan seriya qayd etdi. U avvaliga «Barselona»ni, ke­yin «Bavariya»ni qatorasiga 3 martadan oltin marra sari yetakladi.

* Ispaniyalik mutaxassisning «Manchester Siti»dagi 6 yillik fao­liyatiga alohida to‘xtalsak, u APL­dek katta raqobat maydonida chempionlik maqomini 2 marta himoya qilishga erishdi.

* Mavsum-2016|2017da APLning bronza medali bu Xosep Gvardio­la uchun hozircha milliy chempionatlardagi eng past natija bo‘lib turibdi.

«MANCHESTER SITI» MUTLAQ HUKMRON

Odatiy tasavvur bo‘yicha aytsak, «Manchester Siti» APLda shayxlar tomonidan ajratilayotgan behisob kapital evaziga hukmronlik qilayotgandek. Ha, bu tasavvur xato emas - «shaharliklar»ning zafarli yurishlarida pul kuchining ta’siri katta, albatta. Shuning barobarida alohida ta’kidlash kerak, shayxlar klub akademiyasiga ham befarq emaslar. Oxirgi mavsum natijalariga qarasak, arablar tomonidan bolalar-o‘smirlar futboliga tikilgan mablag‘ o‘z mevasini bera boshladi. Har holda, «Manchester Siti» tizimidagi 5ta jamoa mavsumni chempion maqomida yakunladi. Gap asosiy jamoadan tashqari, U-16, U-17 va U-18 toifalari, shuningdek, Ikkinchi ligada o‘ynaydigan o‘rinbosarlar tarkibi haqida ketmoqda.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 23:45, 19.07.2022.
O'qildi: 2593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.