Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Levandovski "Bavariya"da butun boshli tarix yozib ketdi. O‘rnatilgan rekordlar hali beri qimir etmaydi

Levandovski "Bavariya"da butun boshli tarix yozib ketdi. O‘rnatilgan rekordlar hali beri qimir etmaydi

Baho:
+ | -

Levandovskining "Bavariya"dagi super statistikasi sizni hayratga solishi aniq. U Myullerning bir qator abadiy rekordlarini yangiladi va Chempionlar ligasining klubidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Robert Levandovski "Bavariya"dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng yangi chaqiruv uchun "Barselona"ga yo‘l oldi. Myunxenliklarning 21 asrdagi eng yaxshi to‘purari jamoani tark etdi. Biroq u Gerd Myullerning klubdagi umumiy gollari soniga yeta olmadi.

Kuboklar:

Bundesliga: 8
Germaniya kubogi: 3
Germaniya superkubogi: 3
YECHL: 1
UEFA superkubogi: 1
Klublar o‘rtasidagi JCH: 1

Biroq mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish borasida u yuqori o‘rinlarda qayd etilmaydi. Robert Germaniya chempionatini umumiy husobda 10 marta yutgan (ikkitasi "Borussiya" safida.

Yuqori o‘rinlarda quyidagi futbolchilar:

Rayan Giggz: 13

Garri Nevill: 12

Fransisko Xento: 12

Tomas Myuller: 11

Pol Skoulz: 11

...Robert Levandovski: 10

Robert "Bavariya"da o‘yinlar va gollar muvofiqligi borasida yetakchi o‘ringa ega. 375 bahsda 344 ta gol kiritgan (0.92 gol har bir o‘yinga). Gerd Myullerda esa bu ko‘rsatkich biroz boshqacharoq — 605 ta o‘yinda 563 ta gol. 

Bundan tashqari Levandovski "Bavariya" tarixidagi xorijlik futbolchilar orasida eng sermahsul futbolchi. U 9 ta niderlandiyalik (274), 13 ta braziliyalik (271) va 13 ta fransuz (227)dan ko‘ra ko‘proq gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Polyak faoliyati davomida 56 ta penalti tepgan bo‘lsa, shularning 51 tasini aniq amalga oshirgan (91%).

Robert aql bovar qilmaydigan barqarorlikka ega, ammo u so‘nggi uch mavsumda o‘z gollarini ko‘paytirdi: mos ravishda 55, 48 va 50 tagacha.‎

Buni Bundesligadagi to‘purarlar poygasidagi g‘alabalardan ham ko‘rish mumkin: polyak "Bavariya"dagi dastlabki uch mavsumida bir martagina to‘purar bo‘lgan xolos - keyin esa ketma-ket besh marta bu ishni takrorladi. 1970 yillarda Gerd Myuller ketma-ket uch mavsum davomida eng ko‘p gol urgan edi. Ko‘rib turganingizdek, bu natija ham allaqachon yangilangan.

Robert "qizillar" safida har mavsum 25dan kam gol urmagan. Eng yaxshi natija 19/20 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi — 55 gol. Ikki marta "oltin butsa"ni yutishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi 20/21 yilgi mavsumda Gerd Myullerning bir qator rekordlarini yangiladi. Jumladan, o‘sha mavsumda 41 ta gol kiritdi. Ular orasida 1 poker, 4 xet-trik va 5 ta dubl mavjud. O‘shanda u Bundesliganing naq 29 ta bahsini golsiz tark etmagan. Atigi 4 o‘yinda unga omad kulib boqmagan. 17 jamoadan faqat "Leypsig" darvozasi ishg‘ol qilinmagan xolos, unda ham Robert maydonga tushmagan edi.

Levandovski "Bavariya"ning YECHLdagi to‘purari hisoblanadi — 69 gol, 15 tasi bir mavsumda.

U faoliyati davomida umumiy eng ko‘p gol urgan klublari quyidagilar: "Borussiya D" (27), "Volfsburg" (21), "Shalke" (17), "Verder" hamda "Augsburg" (16). 

U Bundesligada 2015 yil "Volfsburg" darvozasiga 9 daqiqa ichida 5 ta to‘p kiritib, futbol tarixida kamdan kam kuzatiladigan natijani qayd etgan. Eng qizig‘i, barchasi u zaxiradan tushgandan so‘ng sodir bo‘lgan. 

Kiritildi: 12:10, 20.07.2022.
O'qildi: 3038 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.