Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishadi?

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishadi?

Baho:
+ | -

Shu yilning 28 iyul – 10 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Nufuzli musobaqada jami 10 nafar shaxmatchi vatanimiz sharafini himoya qiladilar.

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashuvchi terma jamoamiz tarkibi ancha oldin e’lon qilingan edi. Biroq, keyinchalik ayollar terma jamoamiz tarkibida kichik o‘zgarish yuz berdi, Sarvinoz Qurbonboyevaning o‘rnini Afro‘za Hamdamova egalladi.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, musobaqa 1924 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Rasmiy maqomga ega birinchi musobaqa 1927 yil Londonda bo‘lib o‘tgan. Musobaqa har xil ziddiyatli vaziyatlar sababli asosan tinch vaqtlarda tashkil etilgan bo‘lsa, 1950 yildan boshlab muntazam tarzda har 2 yilda bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar ilk bora 1992 yil Filippinning Manila shahrida tashkil etilgan 30-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etib, yakunda faxrli 2-o‘rinni egallashgan.

Ma’lumot uchun, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024 yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi. 2026 yil o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O‘zbekiston ham davogarlik qilmoqda.

44-Butunjahon olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar
GM Nodirbek Abdusattorov (2004 yili tug‘ilgan),
GM Nodirbek Yoqubboyev (2002),
GM Javohir Sindorov (2005),
GM Jahongir Vohidov (1995),
GM Shamsiddin Vohidov (2002),

Ayollar
WGM Nilufar Yoqubboyeva (2000),
WFM Umida Omonova (2006),
WCM Afro‘za Hamdamova (2009),
WFM Maftuna Bobomurodova (2006),
Marjona Malikova (2002).

Terma jamoamiz a’zolari 27 iyul kuni 44-Butunjahon olimpiadasida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketishadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 19:54, 20.07.2022.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик