Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Samandar Ochilov OFK kubogi pley-off bahsi haqida: «So‘g‘diyona» bilan o‘yin qiyin kechishi aniq»

Samandar Ochilov OFK kubogi pley-off bahsi haqida: «So‘g‘diyona» bilan o‘yin qiyin kechishi aniq»

Baho:
+ | -

Tojikistonning «Xo‘jand» klubi OFK kubogi guruh bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, ikki uchrashuvda 4 ochko to‘pladi va guruh peshqadamligini o‘zida saqlab qoldi.

Turkmanistonning «Kopetdag» va Qirg‘iziston chempioni «Dordoy» klublariga qarshi bellashuvlarda o‘ziga kerakli ochkolarni jamg‘ara oldi. Endi qo‘shnilarimizni «pley-off» bosqichida «So‘g‘diyona» bilan bo‘lib o‘tadigan Markaziy mintaqa hududiy final uchrashuvi kutib turibdi. «Xo‘jand» safida o‘ynayotgan ikki nafar hamyurtimiz jamoasining o‘z tarixida ilk marotaba «pley-off»ga yo‘l olishida yordamlashdilar. Xususan, himoyachi Samandar Ochilov ham mudofaa chizig‘ida ishonch­li o‘yinlar namoyish eta oldi. Maxsus muxbirimiz aynan shu futbolchi bilan bog‘lanib, intervyu uyushtirdi.

- Samandar, OFK kubogi guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha fikringizni bildirsangiz.

- Avvalo, bizga muxlislik qilgan barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Musobaqaga katta maqsadlar bilan kirishgandik, guruhda peshqadamlikni niyat qilgandik. Birinchi o‘yinda kuchli raqibni yengdik. Mezbon jamoa - «Dordoy» bilan bahsimiz ham o‘tgani yo‘q, raqibning ancha tajribali ekani ko‘rinib turdi. Biz esa maqsadimizga erishish uchun oxirigacha kurashdik va yakunda buni uddaladik.

- Guruhdagi qaysi o‘yin eng qiyini bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?

- Albatta, «Dordoy»ga qarshi bahs. Chunki raqibimiz o‘z maydonida va muxlislari qarshisida to‘p surdi. Qolaversa, tarkibida tajribali futbolchilar ko‘pligi ham bizga yaxshigina bosim o‘tkazdi. 

- Klub rahbariyati «pley-off»ga yo‘l olinsa, rag‘bat va’da qilganmidi?

- Ha, albatta. Ijobiy natijalar evaziga mukofot puli berilishi aytilgandi. 

- Keyingi bosqichda jamoangizni «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yin kutmoqda. Ushbu bahs borasida nimalarni ayta olasiz?

- Biz hali bu haqda o‘ylaganimizcha yo‘q. Hozir jamoamiz o‘z tarixida ilk marotaba mazkur musobaqada guruh peshqadamligini qo‘lga kiritib, ke-yingi bosqichga yo‘l oldi. «So‘g‘diyona» borasida gapirsam, kuchli jamoa, tarkibida yaxshi futbolchilari ko‘p. Biroq biz ham o‘z vazifamizni bajarish uchun maydonga tushamiz va ijobiy natija uchun kurashamiz. O‘yin qiyin bo‘lishi aniq. 

- Aslida musobaqada asosiy vazifa qanday?

- Imkon qadar OFK kubogida ijobiy natija qayd etish. Deylik, chorak finalga yo‘llanma olmoqchimiz. Keyinchalik yangi vazifalarni belgilab boraveramiz. 

- Jamoangizning joriy yilgi Tojikiston chempionatidagi ishtiroki qanday bo‘lmoqda? Asosiy maqsad qanaqa?

- To‘g‘risi, mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladik. Natijada, ko‘p ochkolarni boy berdik. Keyinchalik jamoamiz bilan kelishib, o‘z darajamizda o‘ynay boshladik. Oxirgi bahslarni muvaffaqiyatli tugatib, chempionlik uchun kurashishda davom etmoqdamiz. Joriy mavsumdagi asosiy maqsad - mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish. 

- Moliyaviy tomondan muammolar yo‘qmi?

- Rahbariyat imkon qadar kamchiliklarni bartaraf etib bormoqda. O‘ylaymanki, moliyaviy masalada hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi. 

- «Nasaf» tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz. Biroq bu jamoada o‘ynab keta olmadingiz. Xo‘sh, kelgusidagi rejalar qanday?

- Albatta, har bir futbolchi o‘sishni istaydi. Men ham vaqti kelib O‘zbekiston Superligasida to‘p surishni xohlayman. O‘z ustimda ishlashda davom etmoqchiman va kelgusida kuchliroq jamoalar safida o‘ynashni orzu qilaman.

IZZATBEK suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:36, 21.07.2022.
O'qildi: 3288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.