Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Kechpishar iqtidor qissasi

Kechpishar iqtidor qissasi

Baho:
+ | -

Xorxe Molina faxriylik maqomi ostonasi bo‘lmish 29 yoshida ilk bor elitada bo‘y ko‘rsatdi.

Quyi divizionlardagi 10 yillik sargardonlik unga sermahsul to‘purar unvonini keltirgan bo‘lsada, hatto «Betis»dagi faoliyatini ham Segundada boshlagandi. O‘shanda u mashhur «bodringlar»ning elitaga qaytishlariga ko‘maklashgan, nihoyat, 2011 yil oktyabrida La Ligadagi debyut golini nishonlagandi.

Xorxe Molina «Elche»dagi mavsumni zo‘r o‘tkazdi, o‘z gollari bilan «Betis»ga yordam berdi, ammo 29ga chiqqunga qadar elita klublari e’tiborini o‘ziga qarata olmadi. Bilingki, bu hujumchi uchun «qora dog‘» edi. «Benidorm» va «Polideportivo» o‘yinchisiga «Elche»dan elchi kelgach, ishlar yurishib ketdi. «Betis» esa bu bo‘ydor yigitda kuchli hujumchini his eta oldi va Xorxe 6 yil ichida sevilyaliklarga ko‘plab gollarni tuhfa etdi.

Ispaniyalik muxlislar e’tiborini u 2011 yil yanvarida, Gvardiolaning tengsiz «Barselona»si darvozasini 7 daqiqa ichida 2 marta ishg‘ol etish bilan qozondi. Garchi Messi «dubl»ga «dubl» bilan javob qaytargan bo‘lsada, Ansuning goli «Betis»ga g‘alaba keltirgan, shu tariqa kataloniyaliklarning 28 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yilgandi.


Keksa «xet-triklar» va «dubl» muallifi

Agar Ronaldu «Real»ga qaytsa, Ispaniyada 1-2 yil to‘p surishi va Molinaning rekordlarini yangilashi mumkin. Hozircha La Liga tarixidagi eng keksa «xet-trik» egasi maqomi aynan Xorxega tegishli. «Malyorka» darvozabonini 3 marta ranjitganida Molina 39 yosh, 241 kunlik edi. Dekabrda qayd etilgan mazkur natija «Atletik» darvozasiga 3ta gol urgan 38 yoshli Xoakin Sanchesni ranjitgandi.

Oradan bir necha oy o‘tgach, Xorxe muxlislarini lol qoldirishda davom etdi. Endi 40 yoshni qarshilagan faxriy hujumchi yana o‘sha «Malyorka» darvozasini ikki marta aniq nishonga olib, eng keksa «dubl» muallifiga aylandi. Vaholanki, u o‘zining professional futboldagi debyutini 25 yoshda boshlagandi. Molinaning jismoniy holati hamon a’lo darajada - haftada ikki uchrashuvni to‘liq o‘tkaza oladi.


Malyorkadagi g‘alaba «Granada»ni ilhomlantirdi

Darhaqiqat, «Malyorka» ustidan erishilgan safardagi yirik (6:2) g‘alaba elitada qolish uchun bor kuch-mahoratini sarflagan «Granada»ga ilhom bag‘ishlayotgandek edi, go‘yo. Jamoa 10 may oqshomida «Atletik»ni kamtarona hisobda (1:0) mahv etdi. Bu gal Molina gol urmadi, o‘sha pallada uning hisobida 10ta gol va 5ta assist bor edi. Bu borada ham Xorxe Aytor Karanka jamoa-sidagi eng yaxshi snayper va eng yaxshi assistentga aylangandi. 

 

Molina zamonaviy  fishkadan foydalanadi

Xorxe Molina Vidal - hech qachon o‘zini yulduz maqomida his etmagan kamtarin inson. Aslida, u «Betis» tarkibida yulduzlarga xos sermahsul to‘p surgandi. Balki afsonaviy Donatoning rekordini yangilashga ham ulgurar. Braziliyalik mergan 40 yosh, 4 oy va 17 kunlik paytida La Ligada gol urgandi. Xorxe yangi mavsumda ham maydonga tushishni rejalashtirganda, albatta, «Granada» ham elitadagi o‘rnini saqlay olganida, bu rekord yangilanishi ehtimoli katta edi. Axir Molina Sesar Rodriges va Xose Arakistaynlarni ortda qoldirib, 2-o‘rinda borayotgandi.

 

Qanday qilib yuksak sport formasini saqlab qolmoqda?

Birinchidan, u navqiron futbolchilardan farqli o‘laroq, sport sohasi bilimdoni, bu borada oliy ma’lumotga ega. Shuningdek, Xorxe murabbiylik lisenziyasiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassis, direktor lavozimida bemalol ishlashi mumkin.

Ikkinchidan, tajribali faxriy 3 yildan beri interval ochiqish qoidasiga rioya qilib kelmoqda. Bu samarali parhez xususida shifokor bilan maslahatlashish mumkin, sportchilar yuksak saviyani saqlash va organizmdagi yog‘ miqdorini kamaytirish maqsadida shunday qilishadi. Xorxe Molina sutkaning 8 soati davomida kundalik tamaddi jarayonini oxiriga yetkazadi, keyin 16 soatni (uyqu vaqti bilan, albatta) ochlikda o‘tkazadi.

Ba’zan u butun sutkani ochlikda o‘tkazishi ham mumkin, agar bunga o‘zida ehtiyoj sezsa, albatta. 100 bilan yuzlashgan qariyalar o‘z hayotlarida uzoq muddatli ochlik vaqtini boshdan kechirganliklari tarixdan ma’lum. Demak, parhezda gap ko‘p. Faqat shuni ham unutmaslik kerakki, Xorxe Molina - murabbiy va shifokorlar nazorati ostida turadigan professional atlet.

 

Mashhur nomdoshining raqamini tanladi

«Granada»dan avval Molina «Xetafe» safida ham, jumladan, YELda gol urgan. Qisqasi, ulkan yo‘lni bosib o‘tgan. Bundan 20 yil avval Karanka o‘zining uchinchi zafarli finaliga tayyorgarlik ko‘rayotganida, navqiron Molina 350ta ishtirokchisi bo‘lgan havaskorlar ligasidan regional liga jamoasiga o‘tish orzusida yurgandi. 20 yildan keyin u Karanka bilan hamkorlikda «Granada»ni autsayderlar guruhidan tortib chiqqandi. Karanka yangi jamoa muxlislari yuzida quvonch va samimiy tabassumni ko‘rishni yoqtirar va buning uchun bor kuch-mahoratini ayamasdi.

Yangi jamoaga kelganida esa, Aytor zimmasidagi mas’uliyat yukidan hayajon va tushkunlik holatidagi o‘yinchilarning ma’yus nigohlariga duch kelgandi. Axir Primerani tark etish kamtarin jamoa uchun ulkan falokat. Endi ana shu autsayder hisobida o‘z tarixidagi eng yirik safar zafari («Malyorka» - 6:2) bor. O‘sha o‘yinda Xorxe o‘z hisobiga 2 gol va 1 assistni yozdirib qo‘ydi. Navqiron va kelajagi porloq hujumchilardek sermahsullik ko‘rsatgan Molinani hech kim 15 kun avval 40ni ortda qoldirgan «qariya» deb o‘ylamaydi.

Xorxe yoshidagi yoki undan kattaroq futbolchilar La Liga tarixida juda kam. 1935 yilda Gorasiy Lou jamoasida bir futbolchi betob bo‘lib qolgach, 48 yoshli murabbiy maydonga tushishga majbur bo‘lgandi. Yana bir yillik imkon berilganida qahramonimiz Rikardo, Karboni, Valeron rekordlarini bekor qilib, navbatdagi cho‘qqi - Xoakin Sanchesdan o‘zib ketish taraddudiga tushsa, ajablanmasdik. Chunki Sanches yozda faoliyatini yakunlash niyatida. Molina esa «Granada» elitani tark etmasligidan umidvor edi. Afsuski, jamoasi «qu­yi»ga ravona bo‘lgach, rejalari o‘zgardi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 22.07.2022.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.