Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Konte “Tottenxem”da ajabtovur ishlar qilyapti

Konte “Tottenxem”da ajabtovur ishlar qilyapti

Baho:
+ | -

Antonio Konte 2021/2022 yilgi mavsum o‘rtasida "Tottenxem"ga kelib qo‘shilgan edi. Klubda katta muammolar bor edi. Nunu qo‘l ostida chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlashdan tashqari, London klubi Xarri Keynni yo‘qotishi mumkin ham edi.

Italiyalik Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun jamoani yo‘lda qayta qurishi va shu bilan birga mahalliy yulduzlarga qolishlari kerakligini isbotlashi kerak edi. Konte ikkalasini ham uddaladi va endi “Tottenxem” oldinga qadam tashlashga tayyorlanmoqda.

Qishdayoq Konte ikki yangi futbolchi Deyan Kulushevski va Rodrigo Bentankurni olib keldi. Yozda jamoani yangilash davom etdi.

London klubi Risharlisonni "Everton"dan oldi - hujumchi uchun 58 million yevro to‘langan. Konte braziliyalikdan qanday foydalanishi borasida bahslar bor. Ehtimol, yangi kelgan futbolchi kuchli uchlikka da’vogarlardan biriga aylanadi, unga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan.

Premyer-ligada "Everton"da uch mavsum davomida Risharlison 30 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o‘tgan mavsum "Everton"da 30 o‘yinda 10+5 natija qayd etdi.

29 million yevro Iv Bissuma uchun “Brayton”ga berildi, bu esa "shporlar" uchun asosiy transfer bo‘lib ko‘rindi. "Midlsbro"dan Jed Spens uchun "Tottenxem"dan 14 million yevro to‘lagan. Antonio Konte bilvosita futbolchini kutmayotganini, uning kelishi esa rahbariyatning vakolati ekanligini aytdi. Shu bilan birga, Spens yaxshi zaxira futbolchisiga o‘xshaydi . Yosh himoyachi mavsum davomida 45ta o‘yinda maydonga tushgan.

Kontening o‘zi talab qilgan transferi bu “Tottenxem”ga o‘tgan Ivan Perishich bo‘ldi. Xorvatiyalik futbolchi 33 yoshda, ammo uni yoshi o‘tib qoldi, deyishga ham qo‘rqadi odam. U “Inter” safida A seriyada 35 ta, Chempionlar ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. Konte esa tanish va mehnatkash o‘yinchiga ega bo‘ldi.

"Tottenxem" klubi "Barselona"dan Klemen Langleni ijaraga oldi. Xavi 27 yoshli markaziy himoyachini jamoada ko‘rmayapti, Konte esa fransiyalik futbolchi bilan ishlashga tayyor. Faoliyatini qaytadan boshlamoqchi bo‘lgan himoyachiga Kontedan mosroq murabbiyni topa olmaysiz.

Ijara muddati tugagandan so‘ng klubga besh futbolchi qaytishadi: Tangay N’Dombele, Jovani Lo Chelso, Brayan Xil, Pape Matar Sarr, Alfi Uaytmen. Beshtasidan faqat Sarr yozda ijaraga olingan, qolganlari esa Konte tomonidan mashg‘ulotlarga sinalmoqda. Ehtimol, yaqin kunlarda futbolchilarning taqdiri hal bo‘lar.

Mavsum oldi yig‘ini Antonio Konte uchun jamoa bilan ishlashning eng muhim qismidir. Nununing o‘rnini bosgan murabbiy jamoani yo‘lda qayta qurishga majbur bo‘ldi. Dekabr oyida "shporlar" kichik koronavirus epidemiyasini boshdan kechirdi. Ammo yozdagina "Tottenxem" futbolchilari Kontening yig‘ini nima ekanligini bilib olishdi.

"Tottenxem" o‘z tarixida bor-yo‘g‘i besh marta o‘yinchilarini 30 million yevrodan ko‘proqqa sotgan. Bu cheksiz resurslarga ega bo‘lmagan klub uchun muammo. O‘sha "Liverpul" va "Chelsi" muntazam ravishda o‘yinchilarni sotishda katta miqdorda foyda olishadi, bu esa transfer bozoridagi imkoniyatlarni oshiradi.

O‘tgan mavsumda "shporlar" Dele Alli, Denni Rouz, Paulo Gassaniga va Erik Lamelani bepul qo‘yib yubordi. 2024 yilda Harri Keyn, Erik Dayer, Davinson Sanches, Lukas Moura, Ben Devis, Harri Uinks, Mett Doyerti, Ugo Lloris bilan shartnomalar tugaydi. Balki Fabio Paratichi futbolchilar qiymatini yo‘qotmaslik uchun shu yozda ularni sotishni boshlaydi.

Loyihaga ishonch

"Tottenxem" asosiy vazifani bajardi Keyn va Sonni saqlab qoldi. Konte bilan o‘tgan yarim mavsum futbolchilarga bu jamoa bilan sovrinlar yutish mumkinligiga umid berdi. Loyihaga ishonish Antonio Konte uchun asosiy tushunchadir. Rahbariyat xato qilmaydi va buzilgan va’dalarni qabul qilmaydigan italiyalikga bo‘ysunadi.

Kiritildi: 20:09, 22.07.2022.
O'qildi: 5443 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик