Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vest Xem" Skamakkani "Sassuolo"dan bonuslar bilan birga 42-43 million yevroga sotib oladi

"Vest Xem" Skamakkani "Sassuolo"dan bonuslar bilan birga 42-43 million yevroga sotib oladi

Baho:
+ | -

"Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka "Vest Xem"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Alfredo Pedullaning aytishicha, muzokaralar yaxshi ketmoqda. Klublar kelishuvni yakshanba kunigacha yakunlashlari kutilmoqda. Transfer summasi bonuslar bilan birga 42-43 million yevroni tashkil qiladi.

Agar transfer amalga oshirilsa, futbolchi Londonga dushanba yoki seshanba kuni yetib boradi.

Avvalroq, 23 yoshli futbolchi xizmatiga "PSJ" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘tgan mavsumda Skamakka A Seriyaning 36 o‘yinida 16 ta gol urdi va "Sassuolo"ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Kiritildi: 00:01, 23.07.2022.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.