Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Ayollar futboli. Jingalaksoch aut ustasi!

Ayollar futboli. Jingalaksoch aut ustasi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayollar futbolida ham to‘pni yon chiziqdan uzoqqa tashlab berishi bilan tanilgan Rori Delapdan qolishmaydigan ijrochi bor - Sveyndis Yonsdottir.

«Volfsburg» ayollar jamoasi o‘yinlari shu qizning «otishma»lari tufayli ham e’tiborga arziydi.

Sveyndis Jeyn Yonsdottir - «Volfsburg» klubi va Islandiya terma jamoasi a’zosi. U joriy yil Bundesliga chempioniga aylandi, o‘tgan mavsum esa Islandiyaning eng yaxshi ayol futbolchisiga atalgan sovringa ega chiqqandi. Bugun Angliyada boshlanadigan ayollar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Islandiya jamoasini o‘z ortidan ergashtirishga shay turgan Sveyn­dis atigi 21 yoshda. Shunga qaramay, islandiyalik baquvvat qo‘llar sohibasi ayollar futbolida allaqachon eng yorqin o‘yinchilar qatoriga qo‘shilgan. U ayniqsa, to‘pni yon chiziqdan kuchli va effektli tarzda tashlab berishi bilan nom qozongan. Jeyn Yonsdottirning ijrosidan keyin ko‘pincha «Volf­sburg» raqibining jarima maydoni ichida xavf yuzaga keladi. Binobarin, u yon chiziqdan to‘pni darvozabon hududiga shu qadar kuch bilan uloqtiradiki, go‘yo, burchak zarbasi amalga oshirilgandek tasavvur uyg‘onadi. «Tvitter»da hattoki, Yonsdottirni zamonaviy futbolda to‘pni autdan eng uzoq masofaga tashlab beradigan ijrochi sifatida maqtashmoqda.

2007-2013 yillar oralig‘ida «Stok Siti» sharafini himoya qilgan irlandiyalik Rori Delap aynan yon chiziqdan to‘p uloqtirishi bilan futbol tarixiga kirdi. Uning g‘ayrioddiy mahorati kamtarin jamoaga APL yo‘llanmasini yutishda rosa qo‘l keldi. Raqib jamoalar murabbiylari Delap ijrosidagi «otishma»larni ko‘pincha burchak yoki jarima zarbasiga qiyoslashardi. Darvoqe, Rori bolaligida nayza uloqtirish sporti bilan shug‘ullangan va bu keyinchalik uning futbolchilik faoliyatida katta rol o‘ynagan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:00, 23.07.2022.
O'qildi: 1591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик