Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

CAFA turniri g‘oliblari Toshkentda tantanali kutib olindi

CAFA turniri g‘oliblari Toshkentda tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Tojikistonda o‘tkazilgan “CAFA Womenʼs Championship-2022” musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi yurtimizga yetib keldi. Delegasiyani Toshkent xalqaro ayeroportida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati, OAV, muxlislar hamda keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Futbolchilarni taqdirlash marosimi O‘zbekiston futbol assosiasiyasida davom etdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir avvalida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbolchilarimizni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan musobaqadagi g‘oliblik bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida yurtimizda ayollar futboliga berilayotgan e’tibor, qolaversa ahillik va jamoaviy mehnat yotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Keyingi yillarda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor ortib bormoqda. O‘FA tomonidan ham ayollar futbolini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishdagi mavjud sharoit va kamchiliklarni o‘rganib borish hamda uni bartaraf etish maqsadida ayollar qo‘mitasi tashkil etildi. Umuman olganda, bu yo‘nalishda tizimli rivojlanishni yo‘lga qo‘yish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Ayol futbolchilarimiz faoliyatlarini tugatganidan so‘ng ham futbol ichida qolishi, xususan, murabbiylik, hakamlik, seleksionerlik va menejerlik kabi yo‘nalishlarda bepul o‘qishlari uchun O‘FA tomonidan sharoitlar taqdim etilgan. Bu esa, o‘z navbatida, ayollar futboli mutaxassislarining oshishiga ham xizmat qiladi.

Terma jamoaga esa yaponiyalik murabbiylar shtabi jalb etildi. O‘z o‘rnida, natijalarimiz ham kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Umid qilamizki, bu bilan to‘xtab qolmaysiz. Bunda-da yuqori maqsadlar — Olimpiada va Jahon chempionati yo‘lida tinmay mehnat qilib, o‘z ustingizda ishlab borishingizga ishonamiz”, deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Shundan keyin bosh murabbiy Midori Honda ham so‘z olib, o‘tkazilgan turnir futbolchilarimizning xalqaro miqyosdagi tajribalarini yanada orttirishga xizmat qilgani, ularning nimalarga qodir ekanliklarini bilib olishlariga yordam berganini aytib o‘tdi. Jamoa nomidan terma jamoa sardori Nilufar Qudratova O‘FAga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi. Tadbir yakunida futbolchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Kiritildi: 21:04, 23.07.2022.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик