Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni ijaraga berishga tayyor

"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni ijaraga berishga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijara asosida boshqa jamoaga o‘tmoqchi, deb xabar beradi Mirror.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati 37 yoshli portugaliyalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas. “Qizil iblislar” Ronaldudan klub bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirish imkoniyatidan foydalanishini, shundan so‘ng u 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berilishini istamoqda.

"Manchester Yunayted" kelasi mavsum yakunida klub UYEFA Chempionlar ligasiga yo‘l olishiga, Ronaldu esa jamoaga qaytib, 2023/2024 yilgi mavsumda unga yordam berishiga umid qilmoqda.

Oldinroq Ronaldu Madridning "Atletiko"siga o‘tishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.

Ronaldu “Manchester Yunayted”da 2021 yildan buyon to‘p tepadi. Portugaliyalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:54, 24.07.2022.
O'qildi: 6188 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик