"Roma" yarim himoyachisi Leonardo Spinassola Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida jamoadoshi Temmi Abraxamni maqtadi.
"Abraxam Genrixsiz ham shuncha gol ura oladimi? Nazarimda, u o‘tgan mavsumdagidan ham ko‘proq gol urishi mumkin.
Genrix - ajoyib o‘yinchi, juda yuqori sifatga ega. Biroq Abraxamning ham potensiali yuqori", — deydi Leonardo.













