Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Nikola Lazarevich: "Andijon"ning jiddiy raqibligi bilindi, uning o‘rni Superligada bo‘lishi kerak"

Nikola Lazarevich: "Andijon"ning jiddiy raqibligi bilindi, uning o‘rni Superligada bo‘lishi kerak"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Qizilqum” (3:2) o‘rtasidagi o‘yindan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich quyidagicha munosabat bildirdi.

“Bilasizmi, bunday ob-havoda yaxshi o‘yin namoyish etish biroz qiyin bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, yigitlarga imkoniyat berib, ularning jismoniy holatini tekshirib oldik. Ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishdi.

Raqibimiz – “Andijon” yaxshi jamoa ekan. Bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligi ko‘rinib turibdi. Ularga chempionatda omad yor bo‘lishini istayman hamda pro ligada chempion bo‘lishlarini tilayman.

Bizda oxirgi ikki kun davomida futbolchilarga jismoniy yuklamalar berilgandi. Bugungi maydonning holati o‘rtacha ekan. Shunday ekan, tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bizni oldinda “Buxoro” bilan o‘yinimiz bor. Shu tariqa, 3 avgust kuni “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorlanib boraveramiz.

“Andijon” safida yon chiziqlarda harakat qilgan futbolchilari ancha yaxshi ekan. Ammo ularning familiyalarini bilmayman. Birinchi bo‘limda harakat qilgan hujumchilarining o‘yini ham menga yoqdi. Himoyachilari ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ammo uchrashuv videoyozuvini ko‘rib yakuniy xulosaga kelamiz. “Andijon”ning jiddiy raqibligi bilinib turibdi. Ularning o‘rni Superligada bo‘lishi kerak, - dedi Lazarevich.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:26, 25.07.2022.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик