Zohir Pirimovning "Surxon"dagi faoliyati yakunlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zaro kelishuvga ko‘ra, uning shartnomasi bekor qilindi va u jamoamizni erkin agent sifatida tark etmoqda. Pirimov jamoamiz safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimida 5 (3+2) ochko jamg‘argan. Zohirga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub bayonotida.