Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Navbahor» Pro liga klubini mag‘lub eta olmadi

«Navbahor» Pro liga klubini mag‘lub eta olmadi

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy holatlarini saqlab turish, shuningdek, tarkibga yangi qo‘shilgan o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazish maqsadida, 25 iyul kuni “Navbahor” Pro liga vakili Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat – sinov bahsini o‘tkazdi.

Ta’kidlash joizki, Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda Samvel Babayan aralash tarkibni sinovdan o‘tkazishdi, aniqrog‘i, maydonda ko‘proq yoshlar harakat qilishdi. “Navbahor”ni maydonga sardor sifatida esa tajribali himoyachi Stanislav Andreev boshlab tushdi.

Uchrashuv borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, bellashuvning 1-bo‘limida tashabbus ko‘proq mezbonlar tarafida bo‘ldi. Jumladan, birinchi 45 daqiqalikda maydon egalaridan Asliddin Toshtemirovning zarbasiga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Humoyun Murtazoyev va Doniyor Ismoilovning zarbalaridan so‘ng, jamoamiz darvozaboni Rahimjon Davronov o‘z mahoratini namoyish etib, to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida mehmonlar jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Nurillo To‘xtasinovning darvozadan 35 metrlar chamasi uzoqlikdan amalga oshirgan jarima zarbasidan so‘ng, to‘pni “Turon” darvozaboni Nizomiddin Ziyovutdinov qiyinchilik bilan qaytardi.

Uchrashuvning 2-bo‘limida har ikki jamoa tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda ustunlik “lochinlar” tarafida bo‘ldi.  Jumladan, “Navbahor”ning navbatdagi hujumlaridan birida zaxiradan maydonga tushirilgan Lutfulloh Nuriddinovning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Shuningdek, yana 2-3 ta vaziyatda “Turon” posboni Nizomiddin Ziyovutdinov o‘z mahoratini namoyish etdi.

Mezbonlar tomonidan uyushtirilgan 2–3 ta xavfli hujumni esa "Navbahor"ning 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushirilgan mahoratli darvozaboni Ozodbek Ma’rupov o‘z mahoratini namoyi etgan holda, bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada mazkur o‘rtoqlik bahsida hisob ochilmadi – 0:0.  

O‘rtoqlik o‘yini
“Turon” – “Navbahor” – 0:0
Yaypan. “O‘zbekiston” o‘yingohi. 153 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Shohruh Azamov, Jahongir Isaqov.
“Turon”: Nizomiddin Ziyovutdinov, Xushnudbek Avilov, Marlen Chobanov, Sergey Morozov, Asliddin Toshtemirov, Jasurbek O‘rinov, Boburbek  Qosimov, Sardor Telyakov, Abdulazizxon Abdurashidov, Doniyor Ismoilov, Humoyun Murtozayev.
Zaxiradagilar: Akmal Tursunboyev, Sardor Abduraimov, Sardor Abdunabiyev, G‘olibbek Sariboyev, Siyovush Habibulloyev, Sharifbek Rahmatov, Denis Ostrovskiy, Mirzohid Mirzamahmudov, Miraziz Mahammadaliyev.
“Navbahor”: Rahimjon Davronov, Stanislav Andreev, Abror Karimov, Davronbek Olimjonov, Husan G‘anijonov, Jahongir Tursunov, Kamronbek Ne’matjonov, Elguja Grilashvili, Nurillo To‘xtasinov, Muzaffar Mo‘minov, Tohir Rafaelov.
Zaxiradagilar: Ozodbek Ma’rupov, Doniyor Mirzaqayumov, Elyor Mo‘minqulov, Bunyod Rahimov, Sarvar Bahodirov, Asadbek Jo‘raboyev, Lutfulloh Nuritdinov.

“Navbahor” matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:14, 26.07.2022.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.