Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ukrainalik futbolchi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tmoqda

Ukrainalik futbolchi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

"Atalanta" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Kovalenko o‘tgan mavsumda ijara asosida o‘ynagan "Spesiya" jamoasiga qaytishga yaqin turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ukrainalik futbolchi yana "Spesiya"ga bir yillik ijara asosida o‘tadi. Shu bilan birga, Italiya klubi ikki million yevroga sotib olish opsiyasiga ega bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda "Spesiya"da ijara asosida 26 yoshli Kovalenko A Seriyada bitta gol urgan va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Kiritildi: 14:21, 26.07.2022.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик