"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt "Xetafe"ga o‘tishi mumkin.
Futbolchi uzoq vaqtdan beri Kataloniya klubining asosiy jamoasidan tushib ketgan va yozda “Barsa” bosh murabbiyi Xavi yangi mavsumda u bilan hisoblashmasligini aytdi.
Kataloniyaliklar futbolchidan qutulmoqchi va hatto uni mavsumoldi safariga ham olib chiqishmadi.
Hozircha Breytueytga ikki klub - "Xetafe" va "Rayo Valyekano" qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha aniq takliflar kelib tushmagan.
Futbolchining o‘zi "Barselona"dagi qimmat shartnomani yo‘qotishga tayyormi yoki yo‘qmi, aniqlanmagan.