Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, “Palmeyras” hujumchisi Endrikga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
"PSJ", "Real Madrid", "Barselona" va Premyer-liga klublari allaqachon futbolchini kuzatib borishmoqda. Uning Braziliya klubi bilan shartnomasida tovon puli 60 million yevroni tashkil etadi.
Endrik "Palmeyras" tarbiyalanuvchisi, ammo u hali asosiy jamoada debyut o‘tkazgani yo‘q. Hozirda 16 yoshli braziliyalik futbolchi U-20 terma jamoasida o‘ynaydi. U terma safida 7ta o‘yinda 6ta gol urdi.