Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

XXI asrda Keyngacha faqat ikki futbolchi bir mavsumda 60 tadan ortiq gol urgan edi

XXI asrda Keyngacha faqat ikki futbolchi bir mavsumda 60 tadan ortiq gol urgan edi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn XXI asrda Yevropaning top-5 chempionati klublari safida bir mavsumda barcha turnirlarda 60 tadan ortiq gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Stat Foot portali xabar berdi.

Keyn Germaniya Kubogi finalida «Shtutgart»ga qarshi o‘yinda (3:0) xet-trik qayd etib, mavsumdagi gollari sonini 61 taga yetkazdi.

Bungacha bir klub mavsumida 60 tadan ortiq golni faqat ikki futbolchi urgan edi — argentinalik yulduz Lionel Messi va portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu.

Messi 2011/2012 mavsumida «Barselona» safida 73 ta gol urgan bo‘lsa, Ronaldu 2014/2015 mavsumida «Real» tarkibida Keyn kabi 61 ta gol muallifi bo‘lgan.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Xarri Keyn faoliyatida ikkinchi marta “Oltin butsa” sohibi bo‘ldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:23, 27.05.2026.
O'qildi: 4811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик