Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diyego Kosta La Ligaga qaytishga yaqin turibdi

Diyego Kosta La Ligaga qaytishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "Atletiko"ning braziliyalik sobiq hujumchisi Diyego Kosta Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin, deb yozadi jurnalist Matteo Moretto o‘zining "Twitter"ida.

Manbaga ko‘ra, futbolchi "Rayo Valyekano"ga qaytishga yaqin turibdi. Ma’lum qilinishicha, klub prezidenti va futbolchi o‘rtasida allaqachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bo‘lgan. Tomonlar shartnoma imzolanishi mumkinligiga optimistik qarashmoqda.

Diyego Kostaning so‘nggi klubi Braziliyaning "Atletiko Mineyro"si edi. U 2022 yilning yanvarida jamoani tark etgan.

Kosta avvalroq “Raso Valyekano”da o‘ynagan. U klub safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha Kosta "Valyadolid", "Selta", "Braga" va boshqa bir qator klublarda ham to‘p tepgan.

Kiritildi: 05:11, 27.07.2022.
O'qildi: 1713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.