Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

La Liga prezidenti: "Barselona" qonun va ma’suliyatni biladi"

La Liga prezidenti: "Barselona" qonun va ma’suliyatni biladi"

Baho:
+ | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongdan maoshini kamaytirishni so‘ragani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Futbolchilarni jamoadan ajratib bo‘lmaydi yoki ularga bosim o‘tkazib bo‘lmaydi - bu qonun, aql va axloq asosida jamoa shartnomasiga kiritilgan. "Barselona" qoidalar va mas’uliyatni biladi", - deya Tebasning so‘zlarini keltirgan Infobae.

Avvalroq "Barselona" 25 yoshli futbolchiga ultimatum qo‘ygani haqida xabar berilgandi: u yo maoshini kamaytirishga rozi bo‘lishi yoki Kataloniya klubini tark etishi kerak.

De Yong o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:11, 28.07.2022.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик