Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

“Metallurg” futbolchilari ikkinchi davra oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi

“Metallurg” futbolchilari ikkinchi davra oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionati – Superliganing ikkinchi davra o‘yinlari oldidan Bekobodning “Metallurg” jamoasi futbolchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Jamoa a’zolarining barcha sog‘ salomat. Birinchi davraning oxirgi turlarini jarohat bois o‘tkazib yuborgan o‘yinchilar safga qaytishdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichida jarohat olgan Ibrohim Ibragimov ham jarrohlik amaliyotidan so‘ng umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Tarkibni sezilarli ravishda yoshartirib olgan “Metallurg” chempionatning hal qiluvchi davrasiga qizg‘in hozirlik ko‘ryapti. Davralar oralig‘ida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligidan tashqari o‘yin amaliyotiga ham jiddiy e’tibor qaratmoqda. Xususan, Pro-liga peshqadamlaridan biri “Andijon” (4:1), Tojikiston Respublikasining OFK kubogi musobaqasi pley-offiga chiqqan klubi – “Xo‘jand” (5:1) jamoalari bilan ko‘rik nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. Bugun Toshkent viloyati derbisi oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillashtiriladi. Bekobodga Pro liga vakili – “Zomin” jamoasi tashrif buyuradi.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:49, 28.07.2022.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик