Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Qo‘qon-1912»da 2-davraga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi

«Qo‘qon-1912»da 2-davraga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Bugun Qo‘qondagi “markaziy” stadionida “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni jamoa prezidenti Grigoriy Viktorovich Ayrapetov olib bordi. Jamoa rahbari mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik, seleksiya ishlari hamda jamoaning yoshlar jamoalari tarkibiga e’tibor qilish va boshqa bir nechta masalalar yuzasidan olib borilgan ishlar haqida gapirib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni barataraf qilish masalasini ilgari surdi.

"Asosiy tarkib hamda o‘rinbosarlar tarkibi o‘rtasida “zanjir” bo‘lishi lozim. Murabbiylar shtabi bosh murabbiy Davron Fayziyev ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulotlarni olib borishi hamda iqtidorli yoshlarni asosiy tarkib mashg‘ulotlariga jalb qilib borish lozim. Biz yosh futbolchilarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiramiz. Qo‘qon shahri va atrof tumanlarida juda ham ko‘plab iqtidorli yosh futbolchilar bor. Ularga kerakli sharoitlarni yaratib berib, kelgusi yil uchun seleksiya ishlarini hozirdan boshlashimiz lozim.

Bu yil Qo‘qon shahrida o‘zbek futbolining 110 yillik tantanalari nishonlanadi. Mazkur tadbirga alohida reja aosida tayyorgarlik olib boramiz. O‘FA bilan hamkorlikda futbolimizning 110 yilligini katta bayram qilib o‘tkazamiz. Bu bayram doirasida halqaro o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilish hamda bu o‘yinni Qo‘qondagi “markaziy” stadionida katta bayram tadbiri qilib o‘tkazish borasida shahar xokimligi hamda O‘FA bilan birgalikda reja ishlab chiqamiz.

Mavsumning 2 davrasini o‘z maydonimizda o‘tkazish borasida harakatlarimiz davom etadi. Yaqin kunlarda “markaziy” stadion yoritkichlarini yangilash ishlari o‘z nihoyasiga yetkazamiz. Biz bu ishni “Neftchi” bilan bo‘ladigan “derbi”ga qadar ulgurmadik, endi “Navbahor” bilan bo‘ladigan “derbi”ni o‘zimizning stadionimizda o‘tkazishimiz lozim", – dedi G.Ayrapetov.

Yig‘ilishda jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziyev, jamoa boshlig‘i Shuhrat Mo‘minov hamda boshqalar so‘zga chiqib qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Jamoa matbuot va marketing bo‘limi boshlig‘i Akramjon Mamadaliyev “markaziy” stadionda qilinish lozim bo‘lgan bezatish va reklama masalalari hamda OAV xodimlariga qulayliklar yaratish borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilishd, shuningdek, yoshlar jamoalari o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadigan 2-BO‘SMga qarashli stadiondagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, bu stadionga ham yoritgichlar o‘rnatib yosh futbolchilarga ob-havoning salqin vaqtida mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish so‘nggida jamoa rahbari barcha xodimlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bajarish lozim bo‘lgan topshiriq hamda vazifalarni belgilar berdi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 17:40, 28.07.2022.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.