Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Futbolga oshno ko‘ngil

Futbolga oshno ko‘ngil

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli o‘tgan davr mobaynida katta yo‘lni bosib o‘tdi.

 Bu o‘ziga xos va mos orzu-havas, bosqichma-bosqich yuksalish dovoni bo‘lib, tarix sahifasiga zarhal harflar bilan muhrlangan. Albatta, viloyatda millionlar o‘yiniga oshno bo‘lganlar talaygina. Shulardan biri - 80 yoshni qoralab qolgan Qarshi shahrilik O‘ktam Tog‘ayev.

O‘ktam aka samimiy, kamtarin inson. Garchi u o‘zining yengil avtomobiliga ega bo‘lsada, yayov yurishni, kezi kelganda velosipedda sayr qilishni xush ko‘radi. Ko‘rinishidan ochiq chehrali, sariqdan kelgan futbol fido-yisi bilan suhbatimiz beg‘ubor bolalik yillari, uning serzavq damlariga borib taqaldi.

- Qarshi tumani (hozirgi Qarshi shahri)dagi 29-o‘rta maktabda tahsil olish jarayonida menda futbolga mehr uyg‘ondi, - deydi u. - Kigizdan koptok yasab, darsdan so‘ng qosh qorayguncha futbol o‘ynaganimiz kechagiday esimda. Bu orzu meni Qarshi shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi sari yetakladi. Ustoz murabbiy Albert Sheglov rahbarligida futboldan saboq oldim, bilimlarim keyingi hayotimda qo‘l keldi. O‘rta maktabdan so‘ng ikki yil davomida bolalar va o‘smirlar sport maktabida murabbiy bo‘lib ishladim.

Darvoqe, harbiy xizmat O‘ktam Tog‘ayev hayotida katta iz qoldirdi. U Kirovogradning «Zvezda», Nikolayev viloyatining Pervomaysk shahridagi jamoada chap va o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi. Ukrain futboli havosidan bahramand bo‘lish qahramonimiz faoliyatida ijobiy o‘zgarish yasadi. O‘qish, bilim olishga intilish O‘.Tog‘ayevga orom bermadi. Harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigit Qarshi davlat pedagogika insituti (hozirgi univrsitet)ning jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kirib, sport, xususan, futbol bo‘yicha nazariy bilim oldi. 1966 yil «Qarshistroy» jamoasiga taklif etilgan O‘.Tog‘ayev yetti yil davomida «cho‘lquvarlar» sharafini himoya qildi. Vladimir Sheyn, Vladimir Babanov singari murabbiylarning o‘git va maslahatlari o‘z samarasini berdi. Keyingi yillarda O‘ktam aka faoliyatini murabbiylikka bag‘ishladi. 1974 yilda Qarshi shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabida murabbiy bo‘lish bilan birga, Qarshi musiqa bilim yurti o‘quvchilariga jismoniy tarbiya fanidan saboq berdi. 

- Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda sportga bo‘lgan munosabat yangicha shaklu-shamoyilga ega bo‘ldi. Uch bosqichli sport musobaqalari - «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» bahslari dasturidan sportning futbol turi ham mustahkam o‘ringa ega bo‘ldi. 1998-2011 yillar mobaynida o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘rtasidagi «Barkamol avlod» musobaqalarining futbol bahslarida viloyat terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldim. Guruh bosqichida ikkinchi, umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Natijada, ko‘plab yosh iqtidorlar kashf etildi. Ayni payt ular mamlakat milliy chempionatining Superliga, Pro liga, Birinchi va Ikkinchi liga jamoalarida to‘p surishmoqda. Shogirdlarimdan Eldor Yo‘ldoshev hozir Rossiyaning «Rubin» (Qozon) jamoasi murabbiylar shtabida ish olib boryapti. Oleg Qahhorov «Bunyodkor» (Toshkent) ayollar jamoasida murabbiy. Kons-tantin Smirnov FIFA hakami, Zoir To‘raqulov viloyat maxsus mahorat futbol maktabida yoshlarga futbol sirlarini o‘rgatyapti. Ularning yutuqlaridan quvonib, mehnatim besamar ketmaganligidan faxr tuyaman. 

Ha, O‘.Tog‘ayev ana shunday o‘z kasbiga sodiq, shogirdlariga mehribon futbol faxriysi. U o‘zbek futbolidagi yangilanishlarni kuzatar ekan, qilinajak ishlar haqida to‘lib-toshib so‘zlashdan aslo charchamaydi. Jahon, Yevropa, Osiyo futboliga doir ma’lumotlarni mamlakatimiz miqyosi bilan taqqoslab, bolalar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, iqtidorlarni saralash, ularni tarbiyalash, pirovardida, yutuqlar omili ekanligiga iymon keltiradi. Ko‘z o‘ngida Yangi O‘zbekistonning umidli yoshlari erishayotgan muvaffaqiyatlar birin-ketin gavdalanadi. Shuning o‘zi unga o‘zgacha kayfiyat, yashashga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi. Zero, bu millionlar o‘yiniga oshno ko‘ngil rozi, dil malhami bo‘lib yangramoqda.

Husan TEMIROV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 28.07.2022.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.