Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Vilyarreal" sardori 15 yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etdi

"Vilyarreal" sardori 15 yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etdi

Baho:
+ | -

Himoyachi Mario Gaspar “Vilyarreal”ni tark etdi, deb xabar bermoqda ispan klubi matbuot xizmati.

"Vilyarreal"ning 31 yoshli tarbiyalanuvchisi ushbu klubda 15 mavsum o‘tkazdi. Klub bilan birgalikda himoyachi 2020/21 yilgi mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqqan. Gaspar “Vilyarreal”ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda jami 421 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘tgan mavsumda "Sariq suv osti kemasi" Ispaniya chempionatida 7-o‘rinni egallagan, shuningdek, Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan va u yerda "Liverpul"ga umumiy hisobda mag‘lub bo‘lgan (2:5).

Kiritildi: 00:00, 29.07.2022.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик