Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Asadbek Abdumalikov: «Osiyo bolalari – 2022” xalqaro sport o‘yinlarida yana bir medalni qo‘lga kiritishni maqsad qilganman»

Asadbek Abdumalikov: «Osiyo bolalari – 2022” xalqaro sport o‘yinlarida yana bir medalni qo‘lga kiritishni maqsad qilganman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Osiyo bolalari-2022” xalqaro sport o‘yinlariga start berildi. Dastlabki kuni sportning beshta turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda va ulardan faqatgina suzish bahslarida medallar o‘ynalmoqda.

Quvonarlisi, suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda hamyurtimiz ham sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Asadbek Abdumalikov belgilangan masofani 2:07.94 soniyada suzib o‘tib, marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shu tariqa, Asadbek “Osiyo bolalari – 2022” xalqaro sport o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilar orasida birinchi bo‘lib shohsupaga ko‘tarildi.

“Bugun men 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada kumush medal sovrindori bo‘ldim. Albatta, ushbu natijani qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. Sababi, final bosqichida startga kutilganidek juda kuchli raqiblar chiqishdi. Mana shunday kuchli raqobat ostida kechgan musobaqada sovrindor bo‘lganimdan xursandman, albatta. Bu uchun eng avvalo Davlatimiz va hukumatimiz, shuningdek, bizga munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun zarur barcha sharoitlarni yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Respublika suzish federatsiyasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Men yana 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada qatnashaman va mazkur musobaqada ham sovrindor bo‘lishni maqsad qilganman”, — deydi Asadbek Abdumalikov.

Biz ham o‘z navbatida “Osiyo bolalari – 2022” xalqaro sport o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan barcha sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 16:25, 29.07.2022.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.