Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atalanta" xavbekiga kimlar da’vogar?

"Atalanta" xavbekiga kimlar da’vogar?

Baho:
+ | -

"Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk yozda Bergamoni tark etishi mumkin. Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, Italiyaning uch jamoasi 26 yoshli futbolchiga da’vogar: "Torino", "Verona" va "Bolonya".

Oldinroq turinliklar klubi rossiyalik futbolchining transferi bo‘yicha taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Miranchuk “Atalanta”da 2020 yilning sentyabridan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u Bergamo jamoasi safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning "Atalanta" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 19:16, 29.07.2022.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик