Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, parijliklar himoyachisi Tilo Kerer klubning rejalarida emas va yozda jamoani tark etishi mumkin.
Futbolchiga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli nemis o‘tgan mavsumda 34 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urgan.
Transfermarkt uni 22 million yevroga baholamoqda va uning "PSJ" bilan shartnomasi kelasi yili tugaydi.