Qanot hujumchisi Sadio Mane "Bavariya" safidagi ilk rasmiy o‘yinda gol urdi.
Senegallik vinger Germaniya Superkubogi uchun o‘yinning 31-daqiqasida Gnabri uzatmasidan so‘ng “Leypsig” darvozasini ishg‘ol qildi.
Mane "Bavariya"ga "Liverpul"dan kelib qo‘shildi. U o‘tgan mavsumda APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.