Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Superliga. “Nasaf” – “Navbahor”: Prevyu

Superliga. “Nasaf” – “Navbahor”: Prevyu

Baho:
+ | -

"Navbahor" 2-davraning ilk bahsini Qarshida “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 51 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 22 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 16 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 79-66, “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 82 ochkoni, “Navbahor” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi Namangan va Qarshida qayd etilgan.

“Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari bungacha Qarshida 25 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 18 tasida qarshiliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 3 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 4 ta o‘yinda esa namanganliklar g‘alaba qozonishgan.

Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “ajdarlar” “Navbahor” darvozasini 54 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, “lochinlar” “Nasaf” darvozasiga 23 ta to‘p kiritishgan.

"Ta’kidlash joizki, “Navbahor” so‘nggi 4 yildan buyon Qarshidan ochko bilan qaytmoqda. 2018 yili va 2020 yillarda “lochinlar” durangga erishgan bo‘lishsa (1:1, 2:2), 2019 yili hamda o‘tgan mavsumda jamoamiz Qarshidan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi.

Bo‘lajak uchrashuvda ham yoqimli an’ana davom etib, “lochinlar”ga omad yor bo‘lishini tilaymiz" - deyiladi "Navbahor" rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi 2 avgust kuni Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohida soat 20:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:30, 31.07.2022.
O'qildi: 2108 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.