Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" futbolchisi jarohat olib safdan chiqdi

"Yuventus" futbolchisi jarohat olib safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Ueston Makkenni yozgi transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Pol Pogbaning jarohati vaziyatga ta’sir qildi va Massimiliano Allegri Makkenni bilan hisoblasha boshladi.

Biroq, amerikalik yarim himoyachi ham "Yuventus"ning lazaretidan joy oldi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi yelkasidan jiddiy jarohat olgan va taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi.

Ueston Makkenni 2020 yilning kuzidan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt ichida yarim himoyachi 75 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

A Seriyaning birinchi turida “Yuventus” “Sassuolo”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:32, 31.07.2022.
O'qildi: 1399 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик