Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eldor Shomurodov “Bolonya”ga yo‘l olmoqda. U yerda yurtdoshimiz yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la oladimi?

Eldor Shomurodov “Bolonya”ga yo‘l olmoqda. U yerda yurtdoshimiz yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la oladimi?

Baho:
+ | -

 Eldorning Rimdagi sarguzashtlari nihoyasiga yetgani oydinlashib bormoqda. Unga da’vogar klublardan “Bolonya” futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishi mumkin ekan. Umuman olganda, barcha Eldorning “Felsianlar” safiga qo‘shilishi aniqligi haqida gapiryapti. Ho‘sh, “qizil-ko‘klar” o‘zi qanday jamoa? Eldor bo‘lajak klubi tarkibida o‘yin amaliyotiga ega bo‘la oladimi? O‘zi “Bolonya” futbolchilari qanday saviyada? Quyida aynan shu haqida to‘xtalamiz.

“Bolonya” qanday taktikada o‘ynaydi?

Petronyaliklar asosan loteral himoyachilarga tayangan xolatda o‘yin qurishadi va chuqur pressingda raqibini qiynashni yoqtirishadi. Jamoa 5-4-1 yoki 3-4-2-1 sxemasida maydonda joylashadi. Jamoaning asosiy posboni polshalik Lukash Skorupski hisoblanadi. Odatiy markaziy himoya chililik Gari Medel atrofida quriladi. Yani tajribali futbolchi eng markazda o‘ynaydi. Jamoa to‘p bilan harakatlanganda ham Medel maydonda eng ortda joylashadi. Garining tajribasi jamoa mudofaasida muhim rol o‘ynaydi. Uning ikki yonida Adama Sumaro va Lorenso de Silvestri harakat qilishi kutilmoqda. Asosan o‘sha 3 futbolchi jamoaning himoyadagi harakatlarini belgilab beradi. Oldingi mavsum asosiy tarkibda o‘ynagan Artur Tite endilikda Fransiyaning “Renn” jamoasi sharafini himoya qiladi. Bu mavsum markazda o‘ynashi kutilayotgan Lorenso de Silvestri yakunlangan mavsumda Tite sabab qanotda o‘ynagan. Bu mavsum agar Arturning pozisiyasida ishonchli himoyachi topilsa, Lorensoni yana qanotda ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, bu mavsum jamoaning asosiy qanot himoyachisi Xikki ham klubni tark etgan. Yangi loterallar yetishmasligi jamoa taktik ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin. Ammo Sinisha Mihajlovichning “Bolonya”si boshqa uslubga tushib ketishi qiyin.

Yarim himoya jamoa ustuni

Yuqori pressingda o‘ynashni xush ko‘ruvchi jamoaning yarim himoyasiga katta yuklama tushadi va bunday xolatda ularning sonini kamaytirib bo‘lmaydi. Mehnatkash markaziy yarim himoyachilar va hujumchini qo‘llab quvvatlashi kerak bo‘lgan oldinroqda o‘ynaydigan futbolchilardan murabbiy doimo ko‘p narsa so‘raydi. Markaziy yarim himoya “Bolonya”da ancha yaxshi rivojlangan. Ikki mehnatkash va hali yosh futbolchilar jamoadagi ko‘p ishni bajarishadi. O‘sha pozisiyada to‘p suruvchi Nikolas Dominges jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchilari qatoriga kiradi. Shuningdek, Markus Svanberg ham o‘tgan mavsum yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Ammo uning Germaniya chempionatiga yo‘l olishi Sinishani biroz qiyin ahvolga solib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bunday xolatda yangi Svanbergga o‘xshash futbolchi kerak, yoki jamoa sardori Roberto Soriano uning joyini egallaydi. Ikkinchi variant biz uchun nisbatan yaxshiroq. Sababini esa keyingi bo‘limda aytamiz.

Eldor qaysi pozisiyani egallashi kutilyapti?

“Bolonya”ning himoyasi va yarim himoyasini ko‘rib chiqdik. U yerda eng katta nom Medel bo‘lib turipti. Ammo hujum chizig‘ida “Bolonya” Shomurodovga qaraganda nisbatan mashhurroq futbolchilarga ega. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Musa Barrov yolg‘iz hujumchi ortida o‘ynaydi. Uning o‘tgan mavsumdagi sherigi Roberto Soriano edi. Jamoa sardorining markazga ko‘chishi Eldorga bo‘sh pozisiya ochib berishi mumkin. Agarda futbolchimiz raqobatda Rikardo Orsolinini yenga olsa, tahminan shu ikki pozisiya uchun kamida uch futbolchi kurashishi kutilmoqda. Eldor ham ular orasida bor. Sinisha Mihajlovich yurtdoshimizdan sof hujumchi sifatida foydalanmasligi mumkin. Agar Eldor Orsolinini raqobatda yengsa ham maydon bo‘ylab ko‘p yugurishi va pressinglarda faol o‘ynashi kerak bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Rikardo Orsolini to‘p bilan yaxshi o‘ynaydi va uning texnikasi yuqoriroq futbolchi. Ammo pressinglarda u qadar aktivlik namoyish etmaydi. Barrov esa nisbatan darajasi yuqori futbolchi. Uning transfer qiymati ham Eldornikidan ikki baravarga qimmatroq. Jamoada markaziy hujum pozisiyasi deyarli band qilingan. Marko Arnautovich klubning asosiy hujumchisi hisoblanadi. Uning yoshini hisobga olganda, ikki ortroqdagi futbolchiga katta yuklama beriladi. Eldorni “Bolonya”da asosiy tarkibdagi joyi hali yo‘q. Murabbiy esa, raqobatni istamoqda. Agar biz Shomurodov “Bolonya” tarkibida doimo maydonga tushishini istasak, Eldor ko‘proq mehnat qilishi kerak. Italiya A Seriyasida boshqacha bo‘lmaydi. Demak, Eldor Shomurodov o‘zini ko‘rsatishi kerak, bo‘lmasa uni yana “Roma”dagi taqdir kutayotgan bo‘ladi.  

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:37, 31.07.2022.
O'qildi: 10217 marta.
Fikrlar: 70 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.