"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya "Nyu-York Rel Bullz" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
“Biz qiyin raqib bilan kurashgan bo‘lsak-da, uchrashuvni eng yaxshi tarzda yakunladik. Eng muhimi, Xavi so‘ragan narsa maydonda ko‘rinib turardi. Biz bu o‘yindagi xatolarimizni inobatga oldik", - deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Marca.
Uchrashuvning 40-daqiqasida hujumchi Usmon Dembele hisobni ochdi. Rafinya samarali uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuvdagi yakuniy nuqta 87-daqiqada Memfis Depay tomonidan belgilandi.