Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Espanyol" to‘purari "Real"dan taklif kutmoqda

"Espanyol" to‘purari "Real"dan taklif kutmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Espanyol" jamoasi hujumchisi Raul De Tomas faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.

Marca xabariga ko‘ra, Benzemaga o‘rinbosar hujumchi izlayotgan "Real" hozircha De Tomas variantni ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Futbolchining o‘zi esa boshqa jamoalar taklifini rad etib, aynan "qirollik klubi"dan shartnoma kutmoqda.

27 yoshli forvard aynan "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yilda u "Benfika"ga 20 million yevro evaziga sotib yuborilgan edi, u yerdan futbolchi "Espanyol" safiga borib qo‘shildi.

Kiritildi: 11:25, 01.08.2022.
O'qildi: 2568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.