Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

"Milan"ning xo‘jayinlari o‘zgaradi. Ammo klub baribir amerikaliklar tomonidan boshqariladi

"Milan"ning xo‘jayinlari o‘zgaradi. Ammo klub baribir amerikaliklar tomonidan boshqariladi

Baho:
+ | -

Bundan roppa-rosa 4 yil avval, 2018 yilning iyul oyida Elliote Managment investisiya kompaniyasi “Milan”ning yangi egasiga aylandi. Rossonerilar xitoylik Li Yongxon boshqaruvidan so‘ng amerikaliklar qo‘liga o‘tdi. U qarzlar va umuman moliyaviy ahvolning yomonligi tufayli klubni tark etishga majbur bo‘ldi. Elliote Managment bankrotlikka yaqin bo‘lgan kompaniyalar bilan ko‘p ishlagan, shuning uchun tajribali investorlar futbol klubi bilan shug‘ullanishlari kerak edi.

4 yil davomida "qizil-qoralar" o‘zgarishlarning uzoq yo‘lini bosib o‘tishdi. Klub birinchi navbatda moliyaviy muammolarni hal qildi. Shundan so‘ng, "Milan" raqobatbardosh jamoa tuza boshladi. Avvaliga "rossoneri" Chempionlar ligasiga qaytdi, keyin esa Skudettoni qo‘lga kiritdi. Elliote Managment klub bilan ajoyib ish qildi va keyin uni sotishga qaror qildi.

Bu yangilik juda kutilmagan edi, lekin kompaniya rahbarining o‘g‘li Gordon Singer hammasini tushuntirib berdi:

“Elliote Managment 2018 yilda “Milan”ni sotib olgach, bizga uzoq tarixga ega, ammo jiddiy moliyaviy muammolar va o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan klub meros bo‘lib qoldi. Bizning rejamiz oddiy edi: moliyaviy barqarorlikni yaratish va "Milan"ni Yevropa futbolida tegishli joyiga qaytarish. Ishonamanki, biz ikkala maqsadimizga ham erishdik”.

Bahraynning Invsetcorp investisiya kompaniyasi “rossoneri”ni sotib olishga birinchi bo‘lib qiziqish bildirgan. Muzokaralar oson kechmadi, keyin esa "qizil-qoralar" uchun yana bir da’vogar - Amerikaning RedBird Capital sarmoyaviy kompaniyasi paydo bo‘ldi. Elliote Managment vatandoshlariga ustunlik berdi. RedBird Capital paydo bo‘lishi bilan Investcorp o‘yinni tark etdi.

Elliote Managment va RedBird Capital “Milan”ni sotishga kelishib oldi. Bitim 1,2 milliard yevroni tashkil etdi. Yangi xo‘jayinlar allaqachon klubni boshqarishmoqda, garchi shartnoma sentyabrgacha to‘liq yakunlanishi kutilmasa ham. Elliote RedBird Capital'ga “rossoneri”ni sotib olish uchun yillik 7 foizli 600 million yevro kredit beradi.

Yil oxiriga kelib, bu miqdor 200 millionga kamayishi kerak, chunki RedBird Capital investorlar va homiylar tufayli yangi mablag‘larni to‘playdi. “Qizil-qoralar”ning qariyb 5 foiziga egalik qiluvchi Blue Sky Holding kompaniyasi bu bitimni tanqid qilib, uning shaffofligiga shubha qildi. Ammo hamma narsa allaqachon hal qilingan.

“Milan”ning yangi egasi - RedBird Capital kompaniyasi katta sarmoya kiritadi, jumladan, sportga. Uning aktivlari 6 milliard dollarga baholanmoqda. RedBird Capital “Tuluza” jamoasining 85% ulushga ega. Bundan tashqari, amerikaliklar Fenway Sports Group'da 10 foiz ulushga ega. Bu ular “Liverpul” va “Boston Red Soks” beysbol jamoasining aksiyadorlari ekanligini anglatadi. 20 yildan ortiq vaqtdan beri sportga sarmoya kiritib kelayotgan Garri Kardinale yangi “rossonerilar” rahbariga aylandi.

“Qizil-qoralar”ning yangi rahbariyati bosh murabbiy Stefano Pioli bilan birgalikda jamoa tuzgan boshqaruv tarkibini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xavotirlar bor edi. Qolaversa, klub uchun muhim shaxslarning shartnomalarini uzaytirish masalalari ham kechiktirildi. Ammo vaqt o‘tishi bilan "Milan" texnik direktori Paolo Maldini va sport direktori Riki Massara yangi kelishuvlarga erishdi. Shu o‘rinda Pioli bilan ham. Avvalroq italiyalik mutaxassisni Ralf Rangnik bilan almashtirmoqchi bo‘lgan bosh direktor Ivan Gazidis jamoa ishiga xalaqit bermayapti.

Kardinale amaldagi rahbariyatga ishonadi va uni sezilarli darajada o‘zgartirishni rejalashtirmagan. Shu bilan birga, tadbirkorning fikricha, “rossonerilar” 50-70 ming o‘rinli o‘z stadioniga munosib. U bu fikrni jiddiy qabul qildi. Kardinal Milan provinsiyasiga qarashli Sesto San Jovanni shahrida futbol arenasini qurmoqchi.

Tadbirkor hatto shahar hokimi bilan ham bu borada muzokaralar olib borgan. U “Popolous” arxitektura kompaniyasini stadion qurilishiga jalb qilmoqchi. Ushbu kompaniya mutaxassislari "Uembli", "Tottenxem" va "Emireyts" stadionlarini loyihalashtirib, qurishdi. Yevropa va AQSHning ko‘plab shaharlarida aholi gavjum sport arenalari qurilgan. Kompaniya portfeliga asosiy Uimbldon kortlari ham kiradi.

"Milan"ning kelajagi haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Hech bo‘lmaganda hozircha. Aytgancha, italiyalik ildizlarga ega bo‘lgan Kardinalning aytishicha, RedBird Capital o‘zidan oldingilarning ishini davom ettiradi va klubni yangi sport yutuqlari sari yetaklaydi. Qolaversa, amerikaliklar har doim ko‘proq daromad olish imkoniyatini izlaydilar, bu esa "rossonerilar" uchun ijobiy tomonlarga ega. Bular yangi homiylar va, ehtimol, yangi stadion, degani.

Iqtisodiy muvaffaqiyat sport yutuqlari bilan bog‘liq. Shuning uchun RedBird Capital "Qizil-qoralar" jamoasining raqobatbardoshligidan manfaatdor. "Milan"ning yangi xo‘jayinlari hech bo‘lmaganda avvalgilaridek yaxshi bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Elliote Managment kompaniyasidan bir necha kishi klub direktorlar kengashida qoladi. Biz "rossoneri"ni porloq kelajak kutmoqda deb taxmin qilishimiz mumkin. Asosiysi, “qizil-qoralar” to‘g‘ri yo‘ldan qaytmasin.

Kiritildi: 11:58, 01.08.2022.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.