Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Shaxmat-2022: AQSH O‘zbekiston bilan o‘yinda bir amallab durangni saqlab qoldi

Shaxmat-2022: AQSH O‘zbekiston bilan o‘yinda bir amallab durangni saqlab qoldi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi kuni o‘z yakuniga yetib bormoqda. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun AQSH bilan bahslashib, jangovar durangga imzo chekdi.

Dastlab Javohir Sindarov qora donalarda o‘ynab, Uesli Soga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi. Natijada amerikaliklar 1,5 : 0,5 ko‘rinishida oldinga o‘tib olishdi.

Nodirbek Abdusattarov va Fabiano Kariana o‘rtasidagi partiya uzoq vaqt davom etdi. Qora donalarda o‘ynagan hamyurtimiz yakunda kuchli raqibini taslim etdi. Natijada hisob tenglashdi.

To‘qnashuv taqdiri Jahongir Vohidov va Seym Shanklend o‘rtasidagi bahsda hal bo‘lishi kerak edi. Vatandoshimiz oq donalarda o‘ynab, g‘alaba juda yaqin keldi: u piyodasini farzinga chiqarish ostonasiga olib keldi. Ammo AQSHlik shaxmatchi bir amallab durangni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston - AQSH — 2:2.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ketma-ket 3ta g‘alabadan so‘ng birinchi marta durang o‘ynadi va o‘z ochkolarini 7taga yetkazib oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:39, 01.08.2022.
O'qildi: 3257 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик