Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Boshlovchi bilmaydi, muxlis biladi!

Boshlovchi bilmaydi, muxlis biladi!

Baho:
+ | -

Britancha shouda futbol o‘yinining antiqa qoidasi haqida savol berildi

Eng qizig‘i, javob berishda boshlovchi adashdi, ishtirokchi muxlis esa futbol bilimdoni ekanligini ko‘rsatdi. Qanaqa qoida? Ko‘pchilik bu haqda eshitmagan bo‘lsa kerak...

Britaniya televideniyesida ajoyib shou dasturi bor - The Chase. Unda ishtirokchilar turli-tuman savollarga joyida javob topishga urinib ko‘rishadi. Xullas, shouning navbatdagi sonida futbol qoidalariga doir qiziqarli savol yangradi - «Agar jarima zarbasidan keyin to‘p uni amalga oshirgan jamoa darvozasidan joy olsa, nima bo‘ladi?»

Eng qizig‘i, shou boshlovchisi Bredli Uolsh darhol to‘g‘ri javobni bilishiga ishora qildi. Axir u o‘tgan asrning 70-yillari oxirida «Brentford»da o‘ynagan va futbol qoidalari bilan ancha tanish. Ishtirokchi esa javob berishda biroz ikkilandi, shunda Uolsh uni dadillashtirishga harakat qildi va yakunda tashabbusni o‘z qo‘liga oldi: «Javobni bilish uchun futbol ko‘rish ham shart emas. Jarima zarbasidan keyin to‘pning tepuvchi jamoa darvozasiga kirishi - avtogol. Tamom!»

Biroq ishtirokchi boshlovchi gapini inobatga olmadi va yakunda bunday holatda hakam burchak to‘pini belgilashi kerakligini aytdi. Uolsh biroz achchiqlandi ham, ammo to‘g‘ri javob shu edi. Ha, futbol qoidalariga ko‘ra, agar jarima zarbasidan so‘ng qandaydir mo‘’jiza tufayli to‘p uni amalga oshirgan jamoa darvozasidan joy olsa, hakam burchak to‘pi belgilashi kerak. Yuzlari qizarib ketgan Uolsh anchagacha bunday «nodir» qoida borligiga ishonolmadi hatto: «Yo‘q, bunga toqat qilolmayman!» To‘g‘risi, ko‘pchilik toqat qilolmasa kerak.

Shoudan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu qoida muhokamasi avj oldi. Mana, ayrim izohlar:

- Muxlislar, bu qoidani bilarmidinglar? Miyam buzilgan ko‘rinadi...

- Tushunmayapman, nega shunchaki, avtogol hisoblanmaydi?

- Bu haqda oldin ham eshitgandim, lekin klassik trolling sifatida qabul qilganman. Qarang, unday emas ekan...

- Agar jarima zarbasidan keyin to‘p aylanib, uni tepgan jamoa darvozasiga kirsa, hakam darhol o‘yinni to‘xtatishi kerak. Chunki bunaqa bo‘lishi qiyomat kelganini ang­latadi va muxlislar tezda uylariga, yaqinlari oldiga qaytishlari kerak. Qisqasi, aqlga sig‘mas holat...

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:37, 01.08.2022.
O'qildi: 2789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.