Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya" Bundesligadan hujumchi xarid qilmoqchi

"Borussiya" Bundesligadan hujumchi xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi "Kyoln" hujumchisi Entoni Modestga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, transfer shu yilning yozida amalga oshishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Modest "Kyoln" safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 34 yoshli fransiyalik futbolchining narxini 3 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq, 30 iyul kuni "Borussiya" hujumchisi Sebastyan Alle nomalum muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi. Futbolchi davolanishi kerak bo‘ladi, chunki unga saraton tashxisi qo‘yilgan.

Kiritildi: 13:04, 02.08.2022.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик