Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Liverpul"ning talablarini qondiradigan klub topilmayapti

"Liverpul"ning talablarini qondiradigan klub topilmayapti

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachi Nataniel Fillips uchun moliyaviy talablarni kamaytirmoqchi emas.

Klub shu hafta 25 yoshli futbolchi uchun tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi. “Fulxem” va “Bornmut” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq hech bir klub “Liverpul”ning moliyaviy talablarini hali qondirgani yo‘q – klub 10 million funt sterlingdan ko‘proq talab qilmoqda, deb yozadi Goal.com.

Ehtimol, "qizillar"ning so‘rovlari qondiriladi, chunki ingliz futbolchisining transferi bo‘yicha kamida to‘rtta jamoa klub bilan bog‘lanishgan.

"Liverpul" Filipsni sotishni ma’qul ko‘radi, chunki bu o‘yinchi uchun adolatliroq bo‘lardi. Shu bilan birga, Yurgen Klopp Nataniel jamoada beshinchi markaziy himoyachi sifatida qolsa xursand bo‘lardi.

A Seriyaning kamida ikkita klubi futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Ular buning uchun 10 million funt sterlingdan ko‘proq pul to‘lashga tayyormi yoki yo‘qligi noma’lum.

Qishda mersisaydliklar Fillipsni "Uotford"ga 7 million funtga sotishdan bosh tortdi va "Anderlext"ning undan ham pastroq taklifini rad etdi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida Nataniel "Bornmut"da ijara asosida o‘ynadi. U Chempionshipda 17 ta o‘yin o‘tkazdi va jamoaga Premyer-ligaga chiqishga yordam berdi.

Kiritildi: 16:03, 02.08.2022.
O'qildi: 1667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик