Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Samvel Babayan: «Qolgan barcha uchrashuvlar mana shunday jangovar, keskin kurashlarga boy kechadi»

Samvel Babayan: «Qolgan barcha uchrashuvlar mana shunday jangovar, keskin kurashlarga boy kechadi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini odatdagidek, yakunlangan bahs haqidagi fikrlar bilan boshladi.

— Mazkur o‘yindan oldin ta’kidlaganimdek, ushbu uchrashuv hech kimni bee’tibor qoldirmadi. Oxirgi paytlarda “Nasaf” - “Navbahor” uchrashuvlari juda qiziqarli va jangovar tarzda kechmoqda. Shuning uchun ham gollarga boy, qizg‘in tarzdagi o‘yinlar bo‘lyapti. Bugun o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan yutuqqa erishganimizdan juda xursandmiz. Bugungi g‘alabani “Navbahor”ga jon kuydirayotgan hamda qulay sharoit, imkoniyatlar yaratib berayotgan viloyat hokimiga bag‘ishlaymiz. Shavkat Shokirjanovich nafaqat “Navbahor” klubining rivojiga balki, Namangan futbolining rivojiga katta kuch sarflayapti.

Bevosita uchrashuvga keladigan bo‘lsak, birinchi davrada Namangandagi ochilish uchrashuvida o‘yinni 55 foizga nazorat qilgan bo‘lsak (bu vaziyatda men to‘pni emas, o‘yinni nazorat qilishni nazarda tutyapman), bugungi uchrashuvda esa boshidan oxirigacha o‘yinni to‘liq nazoratimiz ostida ushlab turdik. O‘yindagi intriga ertaroq yakunlanishi kerak edi. Lekin oxirigacha saqlanib turdi. Shunga qaramay, raqibni ham e’tirof etib o‘tmasam bo‘lmaydi. “Nasaf” juda yaxshi va sifatli jamoa.

Chempionatning qolgan qismiga keladigan bo‘lsak, bu yog‘iga bizni juda qiziqarli bahslar kutib turibdi. Yana 12 ta o‘yin bor. Fikrimcha, qolgan barcha uchrashuvlar mana shunday jangovar, keskin kurashlarga boy kechadi. Ishqibozlar bu yil ajoyib chempionatga guvoh bo‘lishyapti.

Shu o‘rinda biz ham mavsum avvalidagi maqsadlarimiz tomon intilamiz. “Navbahor”ning oldingi mavqei va an’analarini tiklash, shu bilan birga klub brendini jonlantirishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda vazifalarimizning bir qismini uddaladik. Bu “Navbahor” klubining mashhurligi. Marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, “Navbahor” hozirgi kunda eng ko‘p tilga olinadigan va muxlislar o‘rtasida eng ko‘p qiziqishga sabab bo‘layotgan klubdir. Stadionga tashrif bo‘yicha ham, oynai jahon orqali ham aynan “Navbahor” yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi. Asosiy vazifani bajardik. Turnir jadvaliga kelsak, biz yana birinchi o‘ringa qaytdik va bu muxlislarimizga yoqyapti. Biz muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan davom etamiz. Bugungi kungacha oldimizga qo‘yilgan maqsadlarning ma’lum qismini bajarib bo‘ldik.

— Nima deb o‘ylaysiz, “Nasaf”ga bugun nima yetishmadi?
— Nima desam ekan? Men raqibga baho bera olmayman. Chunki o‘z jamoamni kuzatdim. “Nasaf” chempionatda yaxshi o‘ynab kelyapti, barqaror jamoa. Bunday barqarorlikka erishish esa birinchi navbatda kadrlar masalasiga bog‘liq. Tarkibdagi futbolchilar jamoaning o‘zagi hisoblanadi. Bundan tashqari, murabbiyga o‘zini ko‘rsatish uchun uzoq yillar mobaynida imkoniyat berishdi. Jamoaning natijalari ham shunga mos.

"Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:27, 03.08.2022.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.