Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘lganni ustiga tepgan(mi?)! Krishtianu Ronaldu yangi mavsumni zaxiradan boshlaydi

O‘lganni ustiga tepgan(mi?)! Krishtianu Ronaldu yangi mavsumni zaxiradan boshlaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ga yangi murabbiy tayinlandi. Bu rolni egallagan Erik ten Xag o‘z g‘oyalari asosida jamoani qayta qurishi lozim. Ushbu yo‘lda esa har qanday to‘siq yengib o‘tilishi kerak. Ten Xagning gapi gap bo‘lishi shart. Endilikda, u o‘z so‘zini Ronalduga ham o‘tkaza boshladi. Buni "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham guvohi bo‘ldik. Bu ham yetmaganidek, endi portugaliyalik yulduz yangi mavsumni zaxirada o‘tkazadigan ko‘rinadi. Qarorni esa Erik ten Xag qabul qilmoqda. Ronalduning klubdagi kelajagi so‘roq ostida turgan bir paytda, bu qaror "o‘lganni ustiga tepgan"dek bo‘ldi. Balki futbolchining o‘zi buni jiddiy qabul qilmas. Agarda jiddiy qabul qilsa, Ronalduni ortiq "MYU"da ko‘rmaymiz.

37 yoshli yulduz "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi o‘yinlari uchun Tailandning Bangkok shahriga va Avstraliyaga qilgan safarini o‘tkazib yuborgan edi. Bunga sabab qilib oilaviy muammolar borligi keltiriladi. "Rayo Valyekano" bilan o‘yinda atigi 45 daqiqadan keyin almashtirilgan hujumchi, endi asosiy tarkibga ham kiritilmaslik xavfi ostida qolmoqda. Kelayotgan yakshanba kuni "MYU" o‘z uyida "Brayton"ni qabul qiladi. Unda ten Xag hujumda mavsumoldi o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olgan Sancho, Reshford hamda Marsyal triosidan foydalanishni niyat qilgan. Bu esa Ronalduni zaxirada qolishini anglatadi. Aslini olganda bunday voqea Ronaldu bilan ilk bor sodir bo‘layotgani yo‘q. U mart oyida Ralf Rangnik qo‘l-ostida ham shunday ahvolga solingan. O‘shanda "Manchester Siti" bilan derbi bahsida Ronaldu zaxirada qoldiriladi. O‘yin esa keyinchalik 4-1 hisobida "qizil iblislar" mag‘lubiyati bilan tugaydi. Shundan keyin jahli chiqqan Ronaldu, jarohat olgandek bo‘ladi va davolanish uchun Portugaliyaga yo‘l oladi.

O‘tgan yakshanba kuni Ronaldu o‘yinning yarmida zaxiraga olingandi. Bundan jahli chiqqan yulduz, "Old Trafford"ni o‘yin tugamasdan tark etgan. Unga, o‘sha o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan jamoadoshi Diogu Dalot hamrohlik qiladi. Aslini olganda, shu yoz davomida Ronaldu bir necha marta jamoadan ketish istagi bor ekaniga ishora qildi. U atigi 12 oydan keyin "MYU"da o‘ynash ishtiyoqini yo‘qotgani qiziq, albatta. Bunga bir tomondan klubning YECHLsiz qolgani sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan ten Xag rejalari Ronalduga imkon bermasligi ta’sir qilmoqda. Shunga qaramay, "MYU" rahbariyati Ronalduni sotishni istamayapti. Klub, hatto unga narx belgilashni ham inkor qilmoqda.

Krishtianu Ronalduning amaldagi bitimi 2023 yilda yakun topadi. Unda yana bir yilga bitimni cho‘zdirish huquqi mavjud. Ammo bugungi bo‘layotgan voqealardan keyin, super-yulduz 2023 yilga qadar ham klubda qolishi qiyin masalaga aylanib qolmoqda. Ronalduning agenti Xorxe Mendesh allaqachon yangi jamoa qidirish ishlari bilan band. Uning "MYU"dan futbolchini qo‘yib yuborishni so‘raganligi aytiladi. Bu masala hafta yakuniga qadar, mavsum boshlangunicha hal bo‘lishi kerak. Biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:05, 03.08.2022.
O'qildi: 10104 marta.
Fikrlar: 84 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.