"Barselona" tez orada Miralem Pyanichning kelajagi borasida bir qarorga keladi.
“Beshiktosh”dan ijaradan qaytgan 32 yoshli yarim himoyachi keyingi mavsumda ham Kataloniya klubida qolishi mumkin.
Bu holatda u maoshini kamaytirishga majbur bo‘ladi va 20 yoshli Niko Gonsales ijaraga yuboriladi.
Agar "Barselona" Pyanichni qo‘yib yuborishga qaror qilsa, uning shartnomasi bekor qilinadi. Rahbariyati uning kelajagini shu haftada hal qilmoqchi.