Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APL tarixiga nazar tashlaymiz: o‘ttiz yillik jadvalda kim yetakchi?

APL tarixiga nazar tashlaymiz: o‘ttiz yillik jadvalda kim yetakchi?

Baho:
+ | -

Angliya Premer-ligasi shu nomni olganiga bu yozda 30 yil to‘ldi. Ushbu vaqt davomida ko‘plab jamoalar turnirda ishtirok etishgan. 1992-1993 yilgi mavsumdan eski, "Birinchi Divizion" nomi, Premyer Ligaga o‘zgartirilgan edi. Shundan beri klublar turnirning yangi nomi ostida harakat qilmoqda. Quyida to‘liq uch dekada davomida qaysi jamoalar eng ko‘p ochko yig‘a olgani haqida so‘z yuritamiz.

"Manchester Yunayted"ni chempionlik borasida mutlaq yetakchi deb atash mumkin. Klub 30 yilda 13 marta mamlakat chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Bu titullarning barchasi Fergyuson davrida qo‘lga kiritilgan edi. Bu borada qo‘shni "Manchester Siti"da oltita, "Chelsi"da beshta, "Arsenal"da esa uchta APL toji mavjud. "Blekbern", "Lester" hamda "Liverpul" bir martadan shoxsupaga ko‘tarilgan. Ammo ochko yig‘ish borasida mutlaqo boshqacha statistikani guvohi bo‘lasiz. Titullar o‘z yo‘liga, ammo 30 yilda kim eng ko‘p ochko yig‘gan?

Bu borada ham "MYU" yetakchidir. "Old Trafford" egalari jami 1152 ta o‘yinda 2366 ochkoni rasmiylashtirgan. Birinchi o‘rin va ikkinchi o‘rin orasida esa farq katta. Ammo ikkinchi va uchinchi pog‘onadagi klublar o‘ta zich joylashgan. Bunda "Arsenal" xuddi "MYU" kabi 1152 ta o‘yinda 2141 ochko jamg‘arib turgan bo‘lsa, "Chelsi" 2138 ochko bilan uni ta’qib qilmoqda. Oradagi farq bugunga kelib, atigi 3 ochkoni tashkil etadi. To‘rtinchi o‘rinni "Liverpul" band etgan. Mersisaydliklarda 2109 ochko mavjud. Beshinchi pog‘onani egallab turgan "Tottenxem"da 1787 ochko bor. Oltinchi o‘rinda esa Angliya chempionligini 6 marta nishonlagan "Manchester Siti" bormoqda. Unda jami 1629 ochko mavjud. Ammo shuni ta’kidlash joizki, Manchesterning ko‘k tomonidagilar yuqoridagi jamoalarga qaraganda ancha kam, 962 ta APL uchrashuvi o‘tkazgan. Chunki ular o‘tmishda besh mavsum davomida elitadan tushib qolgan edi.

Endi qisqacha APL tarixidagi eng yomon natijaga ega jamoalarga ham to‘xtalib o‘tsak. Bu borada eng sharmandali natija "Suindon" klubiga tegishli. Bu jamoa bir mavsum APLda ishtirok etib, 42 ta o‘yinda 30 ochko to‘plagan xolos. Undan keyingi pog‘onani "Barnsli" egallaydi. Ular bir mavsumda 38 ta o‘yinda 35 ochko yig‘gan. Shuningdek, ulardan yaxshiroq natija qayd etganlar orasida "Blekpul" (39), "Brentford" (46), "Xaddersfild" (53) hamda "Bredford" (62) klublari joy olishgan. Oxirgi nomlari sanalgan jamoalarning har ikkisi APLda ikki mavsum qatnashgan.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:45, 03.08.2022.
O'qildi: 3749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик