Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

“So‘g‘diyona” — “Paxtakor” o‘yini Jizzaxda bo‘lib o‘tadi

“So‘g‘diyona” — “Paxtakor” o‘yini Jizzaxda bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 11-turidan qolib kelayotgan “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” uchrashuviga Jizzax shahri mezbonlik qiladi.

Avvalroq davlat test imtihonlari sabab “So‘g‘diyona” tomoni uchrashuvni Jizzaxdagi markaziy stadionda qabul qila olmasligi ma’lum qilib, uchrashuvni Olmaliq shahriga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilgandi. Samarqand varianti esa bir kun keyin 11-turning qoldirilgan yana bir uchrashuvi bo‘libi o‘tishi sabab, amalga oshmagandi.

Mavsumning markaziy o‘yinlaridan birini Jizzax shahrida tashkil etish borasida viloyat hokimligi hamda “So‘g‘diyona” futbol klubi oxirigacha harakatda bo‘ldi. Yakunda tomonlar Davlat test markazi bilan kelishuvga erishdi. Endilikda o‘tgan mavsumni dastlabki ikki o‘rinda yakunlagan klublar ishtirokidagi uchrashuv 6 avgust kuni Jizzaxda o‘tadi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi har qanday jamoa o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p surishidan manfaatdor ekanligini eslatib o‘tamiz hamda futbol muxlislaridan bizga bog‘liq bo‘lmagan yangilik va o‘zgarishlarni ni to‘g‘ri talqin qilishlarini so‘raymiz. Ishonamizki, 2023 yilgi mavsumdan boshlab davlat test imtihonlari avvalgidek stadionlarda o‘tkazilmaydi va bizda futbol uchrashuvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmaydi.

Ayni vaqtda “Sport” telekanali ijodkorlari Olmaliqda o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvning Jizzaxga ko‘chganidan kelib chiqib, jonli translyasiya rejalarini Jizzaxdan amalga oshirish ustida ishlayapti.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:09, 04.08.2022.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик