Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo - Navbahor

Yana Ronaldu! Endi u eng ko‘p onlayn-haqoratlanganlar ro‘yxatini boshqarmoqda

Yana Ronaldu! Endi u eng ko‘p onlayn-haqoratlanganlar ro‘yxatini boshqarmoqda

Baho:
+ | -

Shu kunlarda futbol olamidagi eng ko‘p va qizg‘in muhokamaga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri, Ronalduning kelajagi bo‘lib turgandi. Bunga esa "MYU"ning hozirgi holati hamda jamoa yangi murabbiyi bo‘lgan ten Xagning Ronaldu bilan munosabati sabab bo‘lmoqda. Endi super-yulduzning yana bir "qirrasi" namoyon bo‘ldi. U "Twitter" ijtimoiy-tarmog‘ida muxlislar tomonidan eng ko‘p haqoratlarga sabab bo‘lgan futbolchiga aylangan. Quyida ushbu ro‘yxatning yetakchisi bo‘lgan Ronaldu va boshqa yulduzlar haqida gap boradi.

Portugaliya terma jamoasi sardori ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda 100 millionlab obunachilarga ega. Shulardan biri "Twitter" hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur tarmoq Ronalduning sha’niga yomon fikr bildirish, uni haqoratlash borasida ham yetakchi hisoblanar ekan. Statistikaga e’tibor bersak, 2021 yilning 13 avgust sanasidan to 2022 yilning 24 yanvariga qadar Ronalduning "Twitter"dagi sahifasiga jami 12520 ta haqoratomus mazmundagi xabar yo‘llangan. Bu narsa ayniqsa, Ronalduning "MYU" ko‘chib o‘tgani (27 avgust) hamda "qizil iblislar"ning APLdagi natijalari salbiylashib ketganidan so‘ng, yanada avj olgan. Bu bir tomondan 37 yoshli hujumchining naqadar mashhur ekaniga ishora qilsa, ikkinchi tomondan "MYU"ga kelish xato bo‘lganini ham izohlaydi. Negaki, qo‘pol qilib aytganda, futbolchini so‘kkanlarning ko‘pchiligini "MYU"ning ashaddiy muxlislari tashkil etadi.

Endi ushbu ro‘yxatning qolgan qismiga e’tibor bersak. "Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr bu borada ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lib, ayni davr mobaynida 8954 ta xabar aynan himoyachining manziliga yo‘llangan va ularning barchasi Maguayr shaxsiyatini haqoratlashga qaratilgan. Yuqoridagi xabarlarning 2903 tasi faqat bir kunda, 7 noyabr kuni, "MYU" "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lib (2-0), Maguayr buning uchun muxlislardan kechirib so‘raganidan keyin jo‘natilgan.
Keyingi o‘rinlardan ham asosan "MYU" futbolchilari joy olgan. Ular ichida Reshford (2557), Fernandesh (2464), Fred (1924) hamda De Xea (1394)lar nomi keltirilgan. Shuningdek, o‘ntalikda yaqindagina "Old Trafford"ni tark etgan yulduzlar, Jessi Lingard (1605) va Pol Pogba (1446) ham bor. Qolaversa, "Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn (2127) hamda Jek Grilish (1538) ham kuchli o‘ntalikda mavjuddir.
BBC ma’lumotlar bazasida keltirilishicha, o‘tgan mavsumning dastlabki besh oyida "Twitter"dagi jami 2,3 million tvitning 600 mingi, aynan futbolchilarni haqorat qilishga qaratilgan ekan.

Futbolchilarning onlayn tarzda haqoratlanishi, ma’lum voqealardan keyin avj oladi. Bu haqida Birlashgan Qirollik milliy axborot va sun’iy tafakkur instituti ma’lum qildi. Masalan, Maguayr "MYU"ning bir mag‘lubiyatidan keyin atigi ikki soat ichida shaxsiy akkauntiga 69 marta har xil foydalanuvchilar tomonidan ayni bir haqoratomus xabar yo‘llangan. Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Bu borada esa barcha ijtimoiy tarmoq egalari qayg‘urishi lozim va ayni damda shu kabi ishlarga qarshi Yevropa bo‘ylab tashviqot olib borilmoqda.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:23, 04.08.2022.
O'qildi: 4408 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.