Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Obameyang «Chelsi»ga o‘tishidan «Barselona» qanday foyda ko‘radi?

Obameyang «Chelsi»ga o‘tishidan «Barselona» qanday foyda ko‘radi?

Baho:
+ | -

Xabarlarga qaraganda, ”Chelsi” Obameyangga qiziqmoqda va “Barselona” sotib olmoqchi bo‘layotgan Aspilikueta+Alonso uchun gabonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Obameyang, APL tajribasiga ega, yaxshi sport formasida bo‘lishi kerak – o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida La Ligada 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Chelsi” Lukakuni qo‘yib yuborgach, tabiiyki, goleador hujumchiga ehtiyoj sezadi – Batshuayi bilan uzoqqa borib bo‘lmas, to‘g‘rimi? Bundan tashqari, Obameyang  o‘z vaqtida Tomas Tuxel bilan “Borussiya”da ishlaganini ham e’tiborga olish kerak. Hammasi mos kelyapti.

Lekin “Barselona”da Obameyang bilan ham bog‘liq  g‘alati holat bor. To‘g‘ri, Frenki De Yong darajasida bo‘lmasa ham, yakun qanday yechim topadi, qiziq. Xullas, klub Obameyang bilan shartnoma tuzayotganda, birinchi mavsumda (ya’ni o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmi) deyarli maosh to‘lamaslik, ikkinchi mavsumda (2022/23) 18 million yevro to‘lashga kelishilgan. Ya’ni ilk mavsumda oylik to‘lamaslik hisobiga keyingi yilga ko‘proq berish ko‘zda tutilgan. “Barselona” maoshlar limiti bo‘yicha muammoga uchraganini va Ferran Torresni zayavka qilishda qiynalganini eslasangiz kerak.

Xo‘sh, endi Obameyang sotiladigan bo‘lsa, futbolchi rozi bo‘ladimi? O‘yin amaliyoti bo‘yicha “Chelsi” yaxshiroq, “Barselona”ga Levandovski keldi, Fati qaytdi. Ammo hujumchi avvalgi mavsum minnatdorchiligi uchun sun’iy oshgan maoshdan voz kechib, “Chelsi”ga qayta oladimi? 18 million yevro Obameyangni APLning eng maoshi katta futbolchilardan biriga aylantirishini hisobga olsak, londonliklar bunday pulni taklif qilishlari qiyin.

“Barselona” transfer bozorida “yoryapti”. :)

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 19:06, 04.08.2022.
O'qildi: 7829 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик