Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Kavani Yevropada qolmaydigan bo‘ldi

Kavani Yevropada qolmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropaning bir qator top-klublarining sobiq hujumchisi Edinson Kavani Argentina chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi.

Insayder Jonatan Pinaskoning tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, "Boka Xuniors" 35 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Tomonlar muzokaralar olib bordi va transfer bo‘yicha kelishib oldi. Kelishuv yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.

Tajribali to‘purar 1 iyul kuni "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi tugagach, erkin agentga aylandi. Avvalroq OAVda Edinsonning Dortmundning "Borussiya" yoki "Vilyarreal" klublariga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Kavani 20 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.

Kiritildi: 10:13, 05.08.2022.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик