Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Fabregas o‘ziga yangi klub topdi. So‘nggi kunlarda qanday transferlar amalga oshirildi?

Fabregas o‘ziga yangi klub topdi. So‘nggi kunlarda qanday transferlar amalga oshirildi?

Baho:
+ | -

Yevropa klublari futbolchilar birin-ketin shartnoma tuzmoqda va ba’zi transferlar haqiqatdan ham hayratlanarli. Misol tariqasida Sesk Fabregasni olish mumkin. Agar siz so‘nggi transfer yangiliklarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, ular bilan tanishishingiz mumkin.

Sharl de Ketelare: "Bryugge" → "Milan" (32 million yevro)

21 yoshli futbolchining aytishicha, u "Milan"ning qiziqishini bilib, hayratda qolgan. Sharl A seriyaning top-klubiga o‘tishdan oldin Belgiya chempionatining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini boshqargan edi. De Ketelare o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Endi u Italiya chempioni rahbarlarining ishonchini oqlashi kerak.

Renatu Sanshesh: “Lill” → “PSJ” (15 mln yevro)

Portugaliyalik iqtidor yana bir bor klubni o‘zgartirdi. Bir necha hafta oldin “Lill” prezidenti Olivye Letang futbolchi uchun ikki top-klub “PSJ” va “Milan” da’vogarlik qilayotganini ma’lum qilgandi. 24 yoshli futbolchi Fransiya chempioni foydasiga tanlov qildi. Shartnomani imzolagandan so‘ng, Renatu Liga 1ning taniqli muhitida qolish uning uchun muhimligini ta’kidladi. Avvalroq portugaliyalik o‘zini top-klubda ("Bavariya") sinab ko‘rgandi, ammo bu omadsiz chiqdi. Bu safar qanday bo‘ladi?

Karni Chukvuemeka: “Aston Villa” → “Chelsi” (17,9 mln yevro)

"Chelsi" Premyer-ligada bor-yo‘g‘i 14ta o‘yin o‘tkazgan (312 daqiqa) 18 yoshli bola uchun katta pul to‘ladi. Avstriyada nigeriyalik oilada tug‘ilgan Karni Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasida o‘ynaydi. Bolaligida u “Nortgempton Taun” akademiyasidan keyin “Aston Villa” tizimiga kirgan. 2021 yilda u yoshlar jamoalari o‘rtasidagi Angliya kubogini qo‘lga kiritdi - finalda uning jamoasi "Liverpul"ni mag‘lub etdi. Bundan tashqari, Chukvuemeka “Aston Villa” yoshlar jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etildi. Endi u faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi, shartnoma olti yilga mo‘ljallangan.

Gabriel Slonina: “Chikago Fayr” → “Chelsi” (9,09 mln yevro)

"Chelsi" bilan shartnoma imzolagan yana bir 18 yoshli futbolchi. Biroq, darvozabon hozircha AQSHda qoladi. Ijara shartlariga ko‘ra, Slonina 2022 yil oxirigacha Chikagoda qoladi. Darvozabon AQSHdagi eng istiqbolli iste’dodlardan biri hisoblanadi. Slonina Chikago bilan birinchi professional shartnomasini 14 yoshida imzolagan. Uch yildan so‘ng u Shimoliy Amerika ligasida debyut qildi va endi Yevropaning top-klubi
safiga qo‘shildi.

Bernd Leno: Arsenal → Fulxem” (3,6 mln yevro)

Leno Ramsdeylning jamoaga kelishidan so‘ng "Arsenal"ning birinchi darvozaboni sifatidagi o‘rnini yo‘qotdi. Nemis futbolchisi o‘tgan mavsumda Premyer-ligada bor yo‘g‘i to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Bernd o‘rinbosar rolini tashlab, o‘ziga yangi jamoa topgani mantiqan to‘g‘ri. Aytgancha, juda qulay o‘tish, chunki darvozabon hatto yashash joyini ham o‘zgartirishi shart emas, chunki “Fulxem” ham Londonda joylashgan. Leno endigina 30 yoshda, darvozabon uchun bu universal yosh hisoblanadi. U elitaga qaytgan jamoaga jiddiy yordam bera olishi shubhasiz.

Kasper Shmeyxel: “Lester” → “Nissa” (1 mln yevro)

Shmeyxelni boshqa klub libosida ko‘rish juda noodatiy holat. So‘nggi 11 yil davomida u "Lester"da o‘ynadi (470 dan ortiq o‘yin) va butun professional faoliyatini Buyuk Britaniyada o‘tkazdi. 35 yoshli darvozabon ingliz klubini tark etish qarori u uchun juda qiyin bo‘lganini tan oldi. Darvoqe, “Nissa”da Shmeyxelning hamyurti bo‘lgan forvard Dolberg o‘ynamoqda. Fransiya klubi Konferensiyalar ligasi saralashida o‘ynaydi, "Lester" esa yevrokuboklarsiz qoldi. Shmeyxel yangi jamoasi bilan 3 yillik
shartnoma imzoladi.

Aaron Remzi: "Yuventus" → "Nissa" (erkin agent)

Fransuzlar kelasi mavsum uchun tarkibni jiddiy ravishda kuchaytiradi. Shmeyxelni qanday ko‘ndirgani noma’lum, ammo Remzining transferiga ham xuddi shunday. iyul oyi oxirida uyelslik futbolchi “Yuventus” bilan shartnomani bekor qilgan, bir necha kundan keyin esa fransuz klubi bilan shartnoma imzolagandi. O‘tgan mavsumda u A Seriyada bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan so‘ng jarohati sabab tarkibga kiritilmadi. U mavsumning ikkinchi yarmini “Reynjers”da ijara asosida o‘tkazdi.

Sesk Fabregas: “Monako” → “Komo” (erkin agent)

Fabregas hammani hayratda qoldirdi. Ha, ispaniyalik allaqachon 35 yoshda, ammo uning Italiya ikkinchi divizioni jamoasiga ketishini hech kim o‘ylamagandi. Seskning rezyumesida bir nechta top-klublar bor (“Arsenal”, “Barselona”, “Chelsi”) va endi uni butunlay yangi tajriba kutmoqda. Fabregas ikki yillik shartnoma imzolaganidan so‘ng “Komo”ni futboldagi eng yorqin va ulug‘vor loyihalardan biri deb atadi. Balki bir yildan so‘ng biz bu jamoani A Seriyada ko‘rarmiz, lekin Sesk va jamoa buning uchun juda ko‘p mehnat qilishi kerak.

Kiritildi: 16:19, 05.08.2022.
O'qildi: 3669 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.