Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

O‘zbekiston boks terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

O‘zbekiston boks terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yaxshi bilasiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillarda jahon miqyosida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Bunda shubhasiz murabbiylar shtabining o‘rni yuqori. Ammo vaqt bir joyda turmaydi va terma jamoadagi avlodlar almashinuvi murabbiylar shtabida ham muhitni o‘zgartirish lozimligidan dalolat beradi.

Bugun, 5 avgust kuni O‘zbekiston boks federasiyasida yig‘ilish tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, shu kungacha milliy terma jamoamizni Marat Qurbonov uzoq vaqt davomida boshqarib kelayotgandi va u kishi boshchiligida o‘zbek bokschilari Olimpiya o‘yinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida umumjamoa hisobida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Bugun tashkil etilgan tadbirda ham Marat Galiyevichning qilgan xizmatlari alohida e’tirof etildi va terma jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida u kishining eng yaqin shogirdlaridan biri To‘lqin Qilichev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qayd etish lozimki, Marat Qurbonovning boksdagi faoliyati yakunlangani yo‘q. U kishi hali ko‘plab murabbiylar, chempion bokschilarni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.

O‘zbekiston boks federasiyasi Marat Galiyevichning terma jamoa rulidagi samarali faoliyatini yuksak qadrlaydi va o‘z minnatdorchiligini bildiradi. To‘lqin Qilichevga esa yangi vazifada omad tilab qolamiz.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 23:00, 05.08.2022.
O'qildi: 2493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.